Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda 1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2018 yil 11 oktabr kuni Navoiy shahrida yashovchi A.A. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
U 2017 yil iyun oyida o‘zi ishlaydigan korxona rahbari, Zarafshon shahrida yashovchi S.T. uni ishonchiga kirib korxona tomonidan Karmana tumani hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning sotuvidan tushgan 1 milliard so‘m miqdoridagi pullarni bankning hisob raqamiga kirim qilmay pullarga qurilish mollari sotib olganligini aytgani va shu orqali pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligini ma'lum qilgan.
S.T. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
15:40 / 06.05.2026