Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergeli politexnika kasb-hunar kolleji qator mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga taklif etadi
Sergeli politexnika kasb-hunar kolleji quyidagi 7 ta mutaxassisliklar bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga taklif etadi:
- Avtomobillarni ta'mirlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik;
- Transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish texnigi;
- Lift va ko‘tarma mexanizmlaridan foydalanish va ta'mirlash texnigi;
- Suv, gaz ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini o‘rnatish, ta'mirlash va ishlatish ustasi;
- Kommunal xo‘jaligi obektlaridan foydalanish bo‘yicha texnik-texnolog;
- Buxgalter;
- Keng assortimentdagi kiyimlar konstruktori.
Bugungi kunda Respublikamizning barcha jabhalarida rivojlanishni kuzatish mumkin. Jumladan barcha sohalarda sanoatning rivojlanishini alohida ta'kidlash mumkin. Avtomobilsozlik, transport, og‘ir metallurgiya, yengil sanoat, aholiga uy-joylarni qurish va kommunal xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishi va ish o‘rinlarining yaratilishi kuzatilmoqda.
Sizda ushbu sohalarda kasb egallash istagi bormi? Aynan shu sohalarda ishlamoqchimisiz? U holda siz uchun ajoyib imkoniyat yaratildi.
Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan Sergeli politexnika kasb-hunar kolleji Respublikamizning barcha hududlaridan ikkinchi mutaxassislik uchun to‘lov-kontrakt asosida o‘quvchilar qabulini e'lon qiladi. O‘qish jarayoni o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.
O‘qish muddati: 1 yil 6 oy.
Kimlar qabul qilinadi:
• 11-sinf negizida shahodatnomaga ega bo‘lganlar,
• O‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga ega bo‘lganlar
• Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari
• Uy bekalari
Mutaxassisliklar:
1.“Buxgalteriya hisobi va audit” mutaxassisligi
Ixtisosligi:
1. Byudjyet tashkilotlari buxgalteri
2. Xo‘jalik hisobi tashkilotlari buxgalteri
3. Hisobchi
2. Avtomobillarni ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik mutaxassisligi(Koreya, Yaponiya davlatlari jihozlari asosida).
Ixtisosligi:
1. Avtotransport vositalarini ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chilangar
2. Avtomobillar texnik holatini diagnostika qilish bo‘yicha texnik
3. Avtomobillar elektr jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektrchilangar
4.Akkumulyatorchi
5. “V” yoki “VS” toifali haydovchi
(o‘qish davomida “V” yoki “VS” toifali haydovchilik guvohnomasi beriladi)
3.Transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish (Avtomobil transporti) texnigi mutaxassisligi.
Ixtisosligi:
1. Avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashishni tashkil etish bo‘yicha texnik.
2. Avtomobil transporti dispetcheri
3. Avtojamlanma texnigi (mexanigi)
4. “V” yoki “VS” toifali haydovchi
(o‘qish davomida “V” yoki “VS” toifali haydovchilik guvohnomasi beriladi)
4. Keng assortimentdagi kiyimlar konstruktori (Koreya, Polsha davlatlari jihozlari asosida).
Ixtisosligi:
1.Kiyimlar modeler-dizayneri
2.Kiyimlarni loyihalovchi
3.Tikuvchi
5. Lift va ko‘tarma mexanizmlaridan foydalanish va ta'mirlash texnigi mutaxassisligi.
Ixtisosligi:
1. Lift va ko‘tarma mexanizmlardan foydalanish va ta'mirlash bo‘yicha texnik-mexanik
2. Lift va ko‘tarma mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektromontyor
3. Lift va ko‘tarma mexanizmlarga dispetcherlik xizmat ko‘rsatish operatori
4. Tokar-frezerlovchi
5. Elektrgazpayvandchi
6. Suv, gaz ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini o‘rnatish, ta'mirlash va ishlatish ustasi mutaxassisligi.
1. Santexnika ishlari ustasi
2. Elektrogazpayvandchi
3. Gaz va suv istemoli nazoratchi-operatori
4. Gaz uskunalarini ta'mirlash ishlari bo‘yicha chilangar
5. Suv kanalizatsiya tarmoqlari kuzatuvchisi
6. Sanitariya-texnik tizimlar,texnologik quvurlar tugunlari va detallarini tayyorlash bo‘yicha chilangar
7. “V” yoki “VS” toifali haydovchi
(o‘qish davomida “V” yoki “VS” toifali haydovchilik guvohnomasi beriladi)
7. Kommunal xo‘jaligi obektlaridan foydalanish bo‘yicha texnik-texnolog mutaxassisligi.
Ixtisosligi:
1. Suv tozalash inshootlari va kanalizatsiya jihozlarini montaj qilish va foydalanish bo‘yicha mexanik
2. Ichimlik va oqova suv tozaligi nazorati bo‘yicha texnik-laborant
3. Uy-joy fondidan foydalanish bo‘yicha texnik
4.Elektrogazpayvandchi
Bitiruvchilarga mutaxassisliklari bo‘yicha davlat namunasidagi diplom beriladi.
Siz bu yerda malakali ustozlardan zarur bilim va ko‘nikmalarni egallab, tanlagan sohangizning professional mutaxassisi bo‘lib yetishib chiqasiz.
Shoshiling! Hujjatlar 2018 yilning 25 oktabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon:
+99871 258-06-59,
+99871 215-28-45,
+99871 258-46-35,
+99871 258-46-22
Manzil:Toshkent shahar, Sergeli tumani, Qanora ko‘chasi,44-uy
Mo‘ljal:Sergeli yarmarkasi Kollej bekati
Avtobuslar:131,57,58,112A,48, 40,86
Yo‘nalishli taksi:26, 25
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:45 / 10.06.2026
Sergelida kanalda oqib ketayotgan ikki qizaloq qutqarib qolindi
16:40 / 16.05.2026
Sergelidagi qo‘lansa hid: muammo yechimi nimaga bog‘liq?
09:00 / 07.04.2026
Sergeli tumanida avtobusda yong‘in chiqdi
13:51 / 26.03.2026