O‘zbekiston | 21:10 / 15.10.2018
27656
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollarning norasmiy kursi 8300 so‘mdan oshdi

O‘zbekistondagi sarroflar ham xorijiy valyutalar uchun yangi kurslarni o‘rnatishdi.

Bir qancha maxsus saytlar (dollaruz.net, dollaruz.top va dollar-uz.ru) hamda Telegram kanallari ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh dollari qora bozorda bugundan 70 so‘mga qimmatlashgan.

O‘tgan haftada dollar 8230 so‘mdan xarid qilinib, 8260 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, endilikda sarroflar dollarni 8300 so‘mdan xarid qilib, 8330 so‘mdan sotishmoqda. Bu kurs kundan-kunga o‘zgarishi kutilmoqda.

Ayrim kanallarda aytilishicha, Farg‘ona vodiysida dollar 8320 so‘mdan sotilmoqda.

Ma'lumot uchun, bugun O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgilagandi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 26,96 so‘mga qimmatlashgan va 8208,04 so‘mga yetgani ma'lum bo‘lgandi.

O‘zbekiston banklarida xorijiy valyuta faqat plastik kartochkalarga tushirib beriladi, shu tufayli aholi qora bozor xizmatlaridan foydalanishga majburligicha qolmoqda.

Mavzuga oid