Deputatning sözlariga köra, Samarqand şahriga kelayotgan çet ellik sayyohlar valuta almaştirişda oşiqça ovora bölmasligi uçun, viloyat hududida «qora bozor»da faoliyat olib borayotgan «dollarfuruş»larga qonuniy litsenziya beriş kerak.

«Bugun valuta almaştiriş masalasida «qora bozor» yöq, deb aytib bölmaydi. Hanuzgaça köp joylarda ular işlayapti. «Valyutçik»larga litsenziya berib xususiy valuta ayirboşlaş şoxobçalarini oçib işlaşiga imkoniyat berilsa ular «soyadan quyoş nuri ostiga ötadi». Keyin ularning hisobot berişi ham oson böladi. Keçalari ular özi işlaydi, keyin raqobat katta böladi. Turistik markazda, turistik şaharda turistlar keçasi valuta ayirboşlaşda mehmonxona qidirib yurmaydida, borib valuta almaştiriş joylarida bemalol ayirboşlayveradi», degan Ahrorov.

Kun.uz muxbiri viloyatda faoliyat olib borayotgan banklarning bir neçtasi bilan mijoz sifatida boğlanib, valuta oldi-sotdisi qay vaqtda amalga oşirilişi bilan qiziqdi. Banklarning ba'zisi valuta oldi-sotdisi 16:00 da töxtatilişini, ba'zilari faqat sotiş 16:00 dan töxtatilib, sotib oliş 18:00 gaça davom etişini ma'lum qildi. Demak, tijorat banklarining aksariyati sutka davomida bor yöği 6-8 soat mobaynida valuta oldi-sotdisi bilan şuğullanadi.