“Valutani tartibga soliş töğrisida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilinganligi munosabati bilan Markaziy bankda brifing bölib ötmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, brifing davomida Qonunning yangi tahriri yuzasidan batafsil ma'lumotlar keng jamoatçilikka yetkazilmoqda.
Xususan, Markaziy bank raisi örinbosari Bobur Abubakirov valuta “qora bozori”ga qanday barham berilişi mumkinligini aytdi.
“Mazkur qonun qabul qilinişidan oldin ham valuta kursi tijorat banklaridagi savdo sessiyalarida belgilangan. “Qora bozor”, noqonuniy faoliyatga administrativ emas, iqtisodiy çoralar köriş orqali barham beriş mumkin”, - deya Bobur Abubakirovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi hududida çet el valutasini sotib oliş va sotiş böyiça operatsiyalarda valuta kursi çet el valutasiga bölgan talab va taklifdan kelib çiqib, şartnomaviy asosda belgilanadi.
Özbekiston Respublikasi valutasining çet el valutasiga nisbatan kursini aniqlaşda faqat bozor mexanizmlaridan foydalaniladi.













