Jahon | 09:56 / 16.10.2018
7724
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston va toliblar Moskvadagi muzokaralar haqida kelishib oldi

Foto: EPA/JALIL REZAYEE

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Osiyo ikkinchi departamenti direktori va prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Kobul hamda «Tolibon» terrorchilik guruhi vakillari Moskvada muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda u «Izvestiya»ga xabar berdi.

Kabulovning so‘zlariga ko‘ra, barcha tomonlar muzokaralar o‘tkazishga tayyorliklarini tasdiqladilar. Shuningdek, uning aytishicha, muzokaralarni o‘tkazish sanasi shu hafta e'lon qilinishi mumkin.

«Toliblar va afg‘on hukumati Moskva shaklidagi yig‘ilishda ishtirok etmoqda, u yerda yana 10ta boshqa qatnashchi bo‘ladi», - deya qayd etib o‘tdi amaldor.

Avvalroq, bunday muzokaralar 4 sentabr kuni bo‘lib o‘tishi taxmin qilingandi, biroq, ba'zi tomonlar, jumladan, AQSh va toliblar ularda ishtirok etmaslikka qo‘shilmaslikka qaror qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval «Tolibon» asoschilaridan biri Xitoydan yordam so‘ragandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid