Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya kelgusi yillarda Rossiya ta'sirining kengayishini taxmin qildi
Foto: Monika Skolimowska/dpa/Global Look Press
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi taxminiga ko‘ra, Rossiyaning xalqaro maydondagi ta'siri kelgusi o‘n yil ichida ortib boradi. Bunday xulosalar vazirlik tomonidan e'lon qilingan Global Strategic Trends hisobotining oltinchi versiyasida e'lon qilingan.
Ushbu hujjat Britaniya hukumatiga milliy mudofaa strategiyasini ishlab chiqishda yordam berishi kerak. Ta'kidlanishicha, hisobot «yangi xatarlarni» kamaytirish uchun zarur. Hujjatning bir qismi Rossiyaga bag‘ishlangan.
Hisobot mualliflari xulosasiga ko‘ra, Rossiyaning xalqaro ishtiroki Arktika, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada kengayib boradi. Qayd etilishicha, Rossiya o‘z qurollarining 60 foizini Osiyo-Tinch okeani mintaqasida sotmoqda va shu bois u ustuvor bo‘lib qoladi.
«Rossiya Xitoy bilan savdo va mudofaa aloqalarini chuqurlashtirish uchun imkoniyatlarni izlayotgan bir paytda, u Janubiy-Sharqiy Osiyodagi loyihalar bo‘yicha kelishib olib, Hindiston bilan harbiy aloqalarni yo‘lga qo‘yib va Pokiston bilan yangi munosabatlarni o‘rnatib, boshqa mintaqaviy qudratli mamlakatlar bilan aloqalarni kengaytirishi mumkin», - deydi hisobot mualliflari.
Shuningdek, ularning fikricha, Yevroosiyo Rossiyaning strategik siyosatida «hukmron hudud» bo‘lib qoladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Niderlandiya Rossiyani Arktikadagi harbiy provokatsiyalarda ayblagandi.
Mavzuga oid
12:27
“Rossiya har 1 kilometr yerga 156 askarning jonini tikmoqda” – Zelenskiy Myunxenda nimalar dedi?
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
14:21 / 14.02.2026
Rossiya “Urushga qarshi qo‘mita”ni “terroristik” deb tan olmoqchi
14:03 / 14.02.2026