Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni o‘z konsulligida Jamol Qoshiqchining o‘lganini tan olishga tayyorlanmoqda – OAV
Saudiya Arabistoni hukumati Istanbuldagi konsulligida yo‘qolib qolgan jurnalist Jamol Qoshiqchini rasman o‘lik deb tan olishga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda CNN telekompaniyasi ma'lum qildi.
Manbalardan birining ta'kidlashicha, jurnalistning o‘lgani haqidagi doklad hali tayyor emas va uning mazmuni oxirgi lahzada o‘zgartirilishi mumkin. Manbalarning ko‘rsatishicha, jurnalist konsullikda so‘roq vaqtida o‘lgan bo‘lishi mumkin. Ar-Riyod jurnalistga suiqasd rejalashtirilmagani borasida qat'iy turib oladi.
Ma'lum qilinishicha, yuqorida tilga olinayotgan hisobot loyihasida jurnalist baxtsiz hodisa va uni Istanbulda ushlab, so‘roq qilib, Saudiya Arabistoniga maxfiy tarzda yetkazishi kerak bo‘lgan shaxslarning pala-partishligi qurboni bo‘lgani haqida xulosa chiqarilgan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni bu shaxslarni javobgarlikka tortishga va'da beradi.
Biroq telekompaniya Ar-Riyod oxirgi lahzada hisobotga o‘zgartirishlar kiritib, voqeaning o‘zgacha versiyasini ham taqdim qilishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026