Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya politsiyasi Saudiya Arabistoni konsulligiga tintuv o‘tkazgani kirdi
Turk politsiyachilari saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining yo‘qolishi tergovi doirasida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligiga kirishdi. Bu haqda NTV telekanali ma'lum qildi.
Avvalroq ushbu ish bo‘yicha ikki davlat ishchi guruhi birinchi yig‘ilishini o‘tkazgan va shundan keyin konsullikka Saudiya Arabistoni ishchi guruhi a'zolari kirishgan.
Qoshiqchi 2 oktabrda Saudiya Arabistoni konsulligiga kelib, so‘ngra izsiz yo‘qolib qolgan. Turkiya hukumati jurnalist konsullikda o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Saudiya Arabistoni hukumatining ta'kidlashicha, jurnalist konsullik binosini tark etgandan keyin yo‘qolib qolgan. Biroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning aytishicha, Saudiya Arabistoni jurnalistning yo‘qolishiga aloqador emasligini isbotlashi lozim, hozircha esa uning vajlari ishonarli emas.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026