Bugungi kunda Özbekistonda 28ta tijorat banki faoliyat körsatmoqda. Ikkinçi darajali banklarning jami aktivlari - 194,6 trln söm yoki joriy kurs böyiça 24,1 mlrd dollar. Rasmiy ma'lumotlarga köra, Özbekiston yalpi içki mahsuloti 2017 yilda 249,1 trln sömni - 30,7 mlrd dollarni taşkil etdi.

Halyk Özbekistonda filial oçiş niyatida ekanini ma'lum qilgan birinçi Qozoğiston banki böldi. Toşkent şahrida moliyaviy taşkilotning şö'basi - Tenge Bank faoliyat körsatadi.

«Ta'kidlab ötiş joizki, Xalq banki Rossiya, Qirğiziston, Gruziya va Tojikistonda şö'balarga ega. Özbekiston bozoriga kiriş bank uçun rivojlaniş strategiyasining mantiqiy davomi böladi. Şu bilan birga, Özbekiston bank bozori garçi ösiş uçun salohiyatga ega bölsa-da, biroq şaffof emas va Özbekiston Markaziy banki tomonidan bank sektorini tartibga solişning yondaşuvlarida keyingi özgarişlar borasida noaniqlik saqlanib qolmoqda», - dedi Qozoğiston Moliyaçilar assotsiatsiyasi tahlil markazi eksperti Merey Isabekov «Kursiv» naşriga bergan intervyusida.

Bugungi kunda Özbekistonda faqat beşta bank xorijiy kapital iştirokida işlamoqda: «Savdogar», Hamkorbank, Ziraat Bank Uzbekistan, Eronning «Saderat» va KDB Bank Uzbekistan.

«Men bu bozorga kirgan davlatlar va investorlar darhol katta daromadga ega böladi, deb ayta olmayman. Biroq, örta muddatli istiqbolda mamlakat bank sektorida bir neça banklar xususiylaştirilişi mumkin. Bu, ehtimol, MDH hududidagi qiziq bölişi mumkin bölgan oxirgi bank sektoridir. Boşqa mamlakatlarda vaziyat aniq. Özbekiston bu ma'noda tuşunarsiz», - dedi Moody’s Investors Service’ning Rossiya va MDH mamlakatlari böyiça bank guruhi rahbari Yaroslav Sovgira.

Moody’s hisob-kitoblariga köra, Özbekistonda bank aktivlarining sifati yaxşi bölib qolmoqda: iqtisodiy ösiş, pasayayotgan inflyatsiya va kreditlaşning teng ösişi (2018 yilda 30-40 foiz) hisobiga muammoli kreditlarning uluşi avvalgi darajada saqlanib qoladi.

Banklarning daromadliligi va kapital yetarliligi aniq foiz marjasining pasayişi va aktivlarning jadal ösişi hisobiga asta-sekin kamayadi.

«Ehtimol, MDH mamlakatlarining yirik banklari uçun Özbekistonga kiriş mumkindir. Biroq, bu qadamni ulardan eng kuçlilari, ambitsiyalarga ega bölganlari qöyadi. Qozoğiston bozori nisbatan tor, sababi çunki yaxşi qarzdorlar soni juda kam. Aftidan, mahalliy bozorda siqilib qolayotgan eng yirik va qudratli banklar Özbekistonga kiriş imkoniga ega», - deya ta'kidlab ötdi Yaroslav Sovgira.

Klassik ma'noda Özbekiston bank sektori rivojlanişning dastlabki bosqiçida turibdi. Bozorda muayyan turdagi moliyaviy xizmatlar umuman yöq yoki endi joriy qilinmoqda.