Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryolik tadbirkorlarning 741 mln. so‘mdan ziyod soliq qarzlari hisobdan chiqarildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlik faoliyatini tiklagan va davlat ro‘yxatidan o‘tgan holda faoliyatini davom ettirayotgan 89 nafar tadbirkorning 741 mln. 500 ming so‘mlik soliq qarzlari hisobdan chiqarildi. Bu haqda KUN.UZ’ga viloyat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
— Bir necha yildan buyon savdo faoliyati bilan shug‘ullanman. Ayrim qiyinchiliklar sabab soliqlardan 6 mln. 150 ming so‘m qarz bo‘lib qoldim. Albatta, bu katta summa. Shuning uchun to‘lashga qo‘lim kaltalik qilayotgan edi. Davlatimiz tomonidan qarzlarimdan kechilgani men uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Endi tadbirkorlik faoliyatimni davom ettirib, yurtimiz rivojiga hissamni qo‘shaman, - deydi Bayramali To‘yliyev.
Qayd etish kerakki, bugungi kunda viloyatda Prezident Farmoniga asosan, qat'iy belgilangan soliq va moliyaviy jarimalar bo‘yicha qarzdorligini hisobdan chiqarishga nomzod yakka tartibdagi tarbirkor (fuqaro)lar soni 5 ming 591 nafarni tashkil etadi.
Ma'lumot o‘rnida: qarzdan voz kechilishi uchun mazkur shaxslar 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda tadbirkorlik faoliyatini tiklashi yoki davlat ro‘yxatdan o‘tgan holda faoliyatni davom ettirishi lozim bo‘ladi.
Sarvar Anvar o‘g‘li,
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026