Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida muhokamaga qöyilgan barça korxona va taşkilotlarning 5 kunlik iş haftasiga ötişi masalasi böyiça taklifga munosabatini bildirdi.
«Joriy yilning 16 oktabr kuni «Mening fikrim» («Moye mneniye») portalida barça byudjyet va nodavlat taşkilotlarning töliq 5 kundan iborat iş haftasiga ötiş kerakligi haqida e'lon qilingan taklif Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan körib çiqildi.
Mehnat qonunçiligiga özgariş va qöşimçalar kiritişni talab etadigan bunday taklif maqsadga muvofiq emas.
Birinçidan, butun hafta davomida uzluksiz iş tartibiga ega barça byudjyet taşkilotlari, şu jumladan, tibbiyot va ta'lim muassasalari uçun majburiy 5 kunlik iş haftasi barça şifoxona, poliklinika, maktab, kollej, OTMlar, şuningdek, nodavlat taşkilotlarga taalluqli korxonalarning 5 kunlik iş haftasiga ötişini taqozo etadi.
Ikkinçidan, amaldagi qonunçilikka muvofiq (Mehnat kodeksining 120-moddasi), iş haftasi turi (ikki kun dam oliş belgilangan beş kunlik iş haftasi yoki bir kun dam oliş belgilangan olti kunlik iş haftasi) va iş vaqtining tartibi (kunlik iş (smena) davomiyligi, iş vaqtining boşlanişi va tugaşi, işdagi tanaffuslar vaqti, bir kundagi smenalar soni, iş kuni va iş kuni bölmagan kunlardagi navbatçilik, işçilarning smenadan smenaga ötiş tartibi) korxonada içki mehnat tartib qoidalari, iş joyidagi boşqa me'yoriy hujjatlar, agar ular mavjud bölmasa, işçi va iş beruvçi örtasidagi kelişuv böyiça örnatiladi.
Şunga köra, barça byudjyet va nodavlat taşkilotlarni töliq beş kundan iborat majburiy iş haftasiga ötkazişga zarurat yöq, çunki mehnat qonunçiligida bunday imkoniyat nazarda tutilgan va iş joyidagi me'yoriy hujjatlar orqali amalga oşirilişi mumkin», deyiladi vazirlik nuqtai nazari keltirilgan xabarda.
















