Ispaniya vazirlari Iş beruvçilar assotsiatsiyasining qarşiligiga qaramay, koalitsiya hukumatining asosiy çora-tadbirlaridan birini ilgari surib, iş haftasini mehnat haqini özgartirmasdan 37,5 soatga qisqartirişga kelişib oldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasi 4 fevraldagi yiğilişida «Sumar» partiyasi yetakçisi, Mehnat vaziri Iolanda Dias tomonidan tuzilgan farmon bilan 40 soatlik iş haftasini qisqartirişni ma’qulladi. Endi bu qaror parlamentda tasdiqlanişi kerak.
«Bu çora yaxşiroq yaşaş, kamroq işlaş va iqtisodiy jihatdan ança samarali va foydali böliş haqida», dedi Dias jurnalistlarga.
Biroq, yirik iş beruvçilar xarajatlarning oşişi va raqobatbardoşlikning pasayişidan qörqib, taşabbusga qarşi çiqmoqda. Eng yirik iş beruvçilar guruhi SEOE bu masalani kompaniyalar va kasaba uyuşmalari örtasidagi jamoaviy muzokaralarga qoldirişga çaqirdi.
Ispaniya hukumatining iqtisodiy bloki özgariş inflatsiyani tezlaştirişi va yangi iş örinlari yaratilişini sekinlaştirişi mumkinligidan xavotir bildirdi.
Iqtisodiyot vaziri Karlos Kuerpo kiçik biznesga moslaşiş uçun vaqt beriş uçun iş haftasini qisqartirişni bir yilga keçiktirişni taklif qildi. Biroq, kelişmovçiliklarga qaramay, hukumat kuçli iqtisodiy ösiş, inflatsiyaning pasayişi va işsizlikning 16 yillik eng past darajasi fonida islohotlarni davom ettirişga qaror qildi.
Butun dunyoda iş haqini saqlab qolgan holda qisqartirilgan iş haftasi bilan tajribalar köplab rivojlangan mamlakatlarda faol ötkazilmoqda.
Yaqinda Buyuk Britaniyaning 200 ta kompaniyasi tört kunlik iş haftasiga ötdi. Bunda asosan yoş xodimlar yangi modelni yoqlab çiqdi. Ular beş kunlik iş haftasini eski davr sarqiti deb hisoblamoqda.

















