“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida iş haftasini barça uçun beş kunlik qilib belgilaş haqida petitsiya paydo böldi.

“Mening taklifim barça byudjyet va nodavlat taşkilotlarni töliq 5 iş kunidan iborat iş haftasiga ötkazişdan iborat”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Qayd etilişiça, bu amaliyot rivojlangan Yevropa va Osiyo mamlakatlarida keng qöllanilib, özining iqtisodiy va ijtimoiy samarasini amalda isbotlagan. Uşbu tizimning afzalliklari: 

- işçilarda qöşimça dam oliş kunining paydo bölişi, ularda dam olişga nisbatan ehtiyojni oşiradi va bu albatta, içki turizmning rivoji uçun muhim hisoblanadi; 

- işçilarda işga nisbatan iştiyoqning oşişi. Olimlarning ta'kidlaşiça, 5 kunlik iş kuni işçilarda qöşimça ğayrat paydo qilar ekan. Ular haftaning birinçi iş kunini barça uy taşvişlaridan xoli, muammolarsiz boşlaş imkoniyatiga ega bölişadi; 

- turmuş farovonligining oşişi. Ikki kunlik dam oliş işçi xodimlarda oilasi bilan köproq vaqt ötkaziş imkoniyatini yaratib, ularda oilasi bilan dam oliş, sayohatlarga çiqiş va bola tarbiyasi bilan birgalikda şuğullaniş, uy yumuşlarini kamaytiriş imkoniyatini yaratadi va bu öz navbatida, jamiyatimizning asosiy böğini bölgan oilaning mustahkam bölişiga qulay imkoniyat yaratadi; 

- byudjyet taşkilotlari uçun xarajatlarni iqtisod qiliş imkoniyati. Turli xil kommunal xarajatlar örtaça 15-20% ga qisqaradi. Xodimlar ham qisqartirilgan kunlar hisobiga yöl va ovqatlaniş xarajatlaridan iqtisod qiliş imkoniyatiga ega böladi.

“Şu sababdan respublikamizdagi barça korxona-taşkilotlarda 5 kunlik iş kunining taşkil qilişni va uning qat'iy ta'minlanişini taklif qilaman”, - deb yozadi petitsiya muallifi.