O‘zbekiston | 09:54 / 18.10.2018
93751
2 daqiqa o‘qiladi

GM Uzbekistan tomonidan Tracker avtomobili yig‘ildi 

Foto: KUN.UZ

GM Uzbekistan AJ GM Korea bilan hamkorlikda kompaniyaning Toshkent shahridagi filialida Tracker modelini yirik uzelli yig‘ish ishlarini olib bormoqda. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.

Ushbu modelni ishlab chiqarishni amalga oshirish, shuningdek, Toshkent shahridagi GM Uzbekistan filialiga uskuna va butlovchi qismlarni yetkazib berish uchun GM Uzbekistan va GM Korea o‘rtasida bir qator shartnomalar imzolangan. Sinov ishlab chiqarish doirasida ayni damda 28 dona Tracker avtomobili yig‘ildi.

Kompaniyaning ma'lum qilishicha, Tracker avtomobilini dastlabki yirik uzelli yig‘ish muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi sanasi, shuningdek, avtomobil xususiyatlari va narxlari haqida batafsil ma'lumot barcha ishlab chiqarish jarayoni yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet Tracker’ning ilk suratlari taqdim etilgandi.

Mavzuga oid