Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi va Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida taşkil etilgan Xalqaro investitsion forum öz işini davom ettirmoqda.
Uning doirasida “Jizzax sanoati mahsulotlari” körgazmasi ham bölib ötyapti, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Körgazmada yangi Tracker avtomobili ham namoyiş etildi. Taqdim etilgan ma'lumotga köra, Tracker’da 4 qatorli benzinli dvigatel böladi. Işlaş hajmi - 1796 sm3. Avtomobil kuzovi uzunligi - 4255, kengligi - 1775, balandligi - 1650, ğildirak bazasi - 2555 millimetrni taşkil etadi.

Avtomobilning maksimal tezligi soatiga 180 kilometrni taşkil etadi. Soatiga 100 kilometrga 10,9 soniyada çiqişi mumkin.
Yoqilği sarfi: aralaş - 100 kilometrga 7,1 litr, şahar - 9,3 litr, şahar taşqarisida - 5,8 litr. Yoqilği baki hajmi - 53 l. Rul boşqaruvi gidravlik bölib, transmissiya turi - 5 MT, old.
Eslatib ötamiz, avvalroq GM Uzbekistan Tracker avtomobili qaçondan sotuvga çiqarilişi haqida ma'lumot bergandi.


























