Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda yosh yigit boshqaruvidagi Tracker kanalga quladi
Mashinani katta tezlikda boshqargan yigitning haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagani aytilmoqda. Mashinada bo‘lgan yigitlarning 2 nafari tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Kun.uz
Xorazm viloyatining Urganch shahrida yosh yigit boshqaruvidagi Tracker mashinasi YTHga uchradi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, YTH 30 may kuni sodir bo‘lgan. 2006 yilda tug‘ilgan yigit tengdosh do‘stlarini mindirgan holda Tracker mashinasida katta tezlikda ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Buning oqibatida mashina kanalga qulagan. Bu paytda kanalda suv bo‘lmagan.
YTHda mashinada yo‘lovchi sifatida bo‘lgan 2 nafar yigit tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan birining onasi Kun.uz’ga murojaat qildi.
“Mashinani boshqargan yigitning haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan. U mashinani yaqinda sotib olgan, hali o‘z nomiga rasmiylashtirib ham olmagan ekan. O‘g‘lim old yo‘lovchi o‘rindig‘ida bo‘lgan. Mashina kanalga qulaganda o‘g‘lim tashqariga otilib chiqib ketgan. Jarohati jiddiy. O‘zim ming xavotirda o‘tirgan bir paytimda mashina boshqaruvida o‘g‘lim bo‘lgani haqida tuhmat qilishmoqda”, deydi ayol.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Mashina boshqaruvida kim bo‘lgani ekspertiza xulosalari bilan aniqlanadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston 24 yillik tanaffusdan keyin yunon-rum kurashi bo‘yicha JChda oltin medal oldi
Sport | 09:22 / 22.09.2025
Toshkentda mushukni qiynagan xitoylik 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 23:33 / 21.09.2025
Qumga ko‘milgan murda – Termizdagi mudhish qotillik tafsiloti
Jamiyat | 11:52 / 21.09.2025
Dunyoning eng yirik davlatlaridagi erkaklar va ayollar nisbati ma’lum qilindi
Jahon | 23:53 / 20.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hikmat Travel 28 oktyabrdan qo‘shimcha Umra ziyorati safarlarini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 18:59 / 22.09.2025
-
Uzbekistan Airways 8 mlrd dollarga 22 ta Boeing Dreamliner'ni xarid qiladi
Iqtisodiyot | 08:26
-
O‘zbekistonda kimyoviy moddalarni inventarizatsiya qilish rejalashtirilgan
O‘zbekiston | 08:24
-
Jurnalistlar safarbar qilingan 15 000 rossiyalik halok bo‘lganini tasdiqladi
Jahon | 08:01
Mavzuga oid

15:14 / 22.09.2025
Toshkentda avtobus tez yordam yo‘lagidan harakatlanib, odam urib yubordi

10:50 / 22.09.2025
Sirdaryodagi YTHda ikki nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi

10:49 / 20.09.2025
Shota Rustaveli ko‘chasida KIA va skuter to‘qnashdi

12:05 / 18.09.2025