Jahon | 19:40 / 18.10.2018
6864
1 daqiqa o‘qiladi

Nursulton Nazarboyev Belgiyaga bordi

Foto: Akorda

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Bryusselga yetib bordi. U Belgiyada «Oziya – Yevropa» forumi sammitida ishtirok etadi.

Tashrif davomida Nursulton Nazarboyev oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, yevropalik ishbilarmonlar bilan uchrashadi.

Bu forumda G‘arbiy Yevropa va Sharqiy Osiyodan 50dan ortiq davlat ishtirok etadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid