Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘g‘ulistonda Yaponiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida maxfiy muzokaralar o‘tgan
Foto: EPA
Mo‘g‘ulistonda oktabr boshida Yaponiya va Shimoliy Koreya razvedka idoralari vakillari o‘rtasida maxfiy muzokaralar o‘tgan. Bu haqda Yaponiya hukumatidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda “Kiodo” axborot agentligi ma'lum qildi.
Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorda 6-8 oktabr kunlari Yaponiya hukumatida razvedka uchun javob beruvchi Sigera Kitamura hamda Shimoliy Koreyada razvedka va ma'lumot to‘plash bilan shug‘ullanuvchi, Koreya Mehnat partiyasi yagona fronti bo‘limidan Kim Son Xe o‘rtasida maxfiy muzokaralar o‘tgan. Uchrashuv mavzusi Shimoliy Koreya maxsus xizmatlari tomonidan 1970-1980-yillarda o‘g‘irlab ketilgan va kuch bilan ushlab turilgan yapon fuqarolarining Yaponiyaga qaytarilishi hamda Yaponiya va Shimoliy Koreya yetakchilari o‘rtasida o‘tishi mumkin bo‘lgan sammit masalalari muhokama qilingan.
Ta'kidlanishicha, bu ikki davlat razvedka idoralari vakillarining avvalgi maxfiy uchrashuvi Vetnamda bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
16:11 / 02.05.2026
“Tasalli beruvchi ayollar” maskani - yapon harbiylari qancha qiz-ayolni jinsiy qullikka mahkum etgandi?
22:34 / 25.04.2026
Yaponiya ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
18:51 / 23.04.2026
Uyquda bosh holatini o‘zi o‘zgartiradigan Mirukuru yostig‘i taqdim etildi
12:54 / 04.04.2026