Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Ko‘ksaroyda 19 oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti davlat tashrifining asosiy tadbirlari boshlandi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.


Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin tor doirada muzokara o‘tkazdi.

Prezident oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari keyingi ikki yilda yanada mustahkamlanganini ta'kidladi.
Davlatimiz rahbari Moskva shahrida birinchi prezident Islom Karimovga haykal o‘rnatilgani va tantanali ochilgani uchun O‘zbekiston xalqi nomidan samimiy minnatdorlik bildirdi.
«Rossiya O‘zbekistonning strategik sherigi. Birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz tufayli mamlakatlarimiz hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi va barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanmoqda.
Keyingi bir yilning o‘zida yuqori darajada saksondan ortiq tashriflar tashkil etildi. Hududlar o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik. Bugun Toshkentda Hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiya hududlari, jamoatchiligi va biznesining mingdan ortiq vakili ishtirok etmoqda.
Joriy yil boshidan hozirgacha tovar ayirboshlash hajmi o‘ttiz foizga o‘sdi. Yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda”, dedi prezident.
Davlat rahbari yana bir strategik loyiha – mamlakatimizda birinchi atom elektr stansiyasi qurilish loyihasi boshlanayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Madaniy-gumanitar aloqalar kengayib borayotgani ta'kidlandi. Joriy yilda ilk bor O‘zbekiston-Rossiya media-forumi o‘tkazildi, tashrif arafasida Rossiyaning yetakchi oliy ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirokida Ta'lim forumi bo‘lib o‘tdi.
«Bu keyingi paytlarda hamkorlikda erishilgan yuqori marralarga bir nechta misol, xolos. Davlat tashrifingiz O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari rivojiga yangi, kuchli impuls bag‘ishlashiga ishonaman», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026