O‘zbekiston | 22:00 / 19.10.2018
2436
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zmilliybank va Vneshekonombank $200 millionlik hamkorlik shartnomasini imzoladi

Foto: O‘zmilliybank

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida O‘zmilliybank va Vneshekonombank 200 million AQSh dollarlik shartnoma imzoladi.

Vneshekonombank kredit liniyasi O‘zbekistonda strategik loyihalarini amalga oshirish uchun Rossiya uskunalar va xizmatlarni eksport qilishni qo‘llab-quvvatlashga hamda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida, ijtimoiy sohada va atrof-muhit infratuzilmasini rivojlantirishda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Shartnoma yuqori texnologiyali uskunalarni eksport qilishda, Rossiya Federatsiyasi tomonidan foiz stavkasini subsidiyalash mexanizmidan foydalanish hisobiga, past foiz stavkalarida kredit resurslarini jalb etish imkonini beradi.

Imzolangan bitim ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga ko‘maklashadi, uzoq muddatli kredit resurslarini qulay sharoitlarda jalb qilish va O‘zbekiston Respublikasida yangi sarmoyaviy imkoniyatlarini yaratishga imkon beradi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida O‘zmilliybank tomonidan Vneshekonombankning O‘zbekiston moliya bozoridagi faoliyatini kengaytirish va Toshkent shahrining transport va avtomobil yo‘llarini modernizatsiya qilish dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish takliflari kiritildi.

Ushbu taklifni amalda bajarish uchun tomonlar 100 million AQSh dollari miqdoridagi Rossiyada ishlab chiqarilgan maxsus kommunal va yo‘l uskunalari texnikasini lizing shartlarida, Toshkent shahar hokimiyati, Vneshekonombank va “VEB-Leasing" sho‘'ba korxonasi o‘rtasida, 3 tomonlama bitim imzolanishi bilan aniqlab oldi.

“Rivojlanish va tashqi iqtisodiy faoliyat banki” Davlat korporatsiyasi (Vneshekonombank) - 1922 yilda tashkil etilgan. Rossiyaning eng yirik rivojlantirish instituti hisoblanadi (aktivlari - 51 milliard AQSh dollari) va u ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish, Rossiya iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish va uni innovatsion asosda modernizatsiyalashga ko‘maklashadi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid