Jahon | 19:47 / 20.10.2018
7725
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Janubiy Koreya KXDR sababli yirik harbiy mashg‘ulotlarni bekor qildi

Foto: REUTERS/Kim Hong-Ji

AQSh va Janubiy Koreya mudofaa vazirlari har yili o‘tkaziluvchi Vigilant Ace aviatsiya qo‘shma mashg‘ulotlarini bekor qilishdi. Mashg‘ulotlar dekabrga rejalashtirilgan edi. Bu haqda Pentagon vakili Dana Uayt ma'lum qildi. 

“Mudofaa vaziri Jyeyms Mettis va milliy mudofaa vaziri Chon Gyon Du Shimoliy Koreya bilan diplomatik jarayonning davom etishiga barcha imkoniyatlarni berish uchun Vigilant Ace mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishni to‘xtatishga qaror qilishdi”, deb aytgan Uayt.

Mashg‘ulotlarning bekor qilinishi haqidagi qaror AQSh va Janubiy Koreya mudofaa vazirlarining Singapurdagi uchrashuvida qabul qilingan. Bu uchrashuvda Yaponiya mudofaa vaziri Takesi Ivaya ham ishtirok etgan. Vazirlar uchrashuvda, shuningdek, Koreya yarimorolidagi vaziyatni hamda Pxenyanga qarshi sanksiyalarni muhokama qilishgan.  

2017 yilda Vigilant Ace mashg‘ulotlari dekabr oyida bo‘lib o‘tgan.

Mavzuga oid