Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qanday shaxslar ambulatoriyada davolanishda dorilar bilan imtiyozli ta'minlanishi kerak?
O‘zbekistonda ayrim shaxslar ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta'minlanish huquqiga ega. Bu haqda Adliya vazirligi telegram-kanali xabar bermoqda.
Ular:
onkologik kasalliklarga chalinganlar;
sil kasalligiga chalinganlar;
moxov kasalligiga chalinganlar;
endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar;
ruhiy kasalliklarga chalinganlar;
OIV kasalligini yuqtirganlar;
yurak klapanini protezlash va organlarni ko‘chirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;
1941—1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
1941—1945 yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari;
Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar;
baynalmilalchi jangchilar;
harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obektlarida o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bemorlarni bepul dorilar bilan ta'minlash ustidan nazoratni kuchaytirish taklif etilgandi.
Mavzuga oid
11:35 / 10.06.2026
Qariyb 900 mln so‘mlik sifatsiz va hujjatsiz dorilar aniqlandi
08:15 / 04.06.2026
2030-yillarda yangi tish o‘stiruvchi dori bozorga chiqishi mumkin
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
21:30 / 24.04.2026