Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Qoshiqchi ishi bo‘yicha yangi ma'lumotlarga munosabat bildirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni Bosh prokuraturasining muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchi vafot etgani haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni tomonidan berilgan izoh ishonchli, ammo jurnalistning o‘limi «qabul qilib bo‘lmas holat». Davlat rahbarining aniqlik kiritishicha, Ar-Riyodga qurol-yarog‘ yetkazib berishga oid bitimlardan voz kechishni mo‘ljallamayapti.
Tramp, shuningdek, Saudiya Arabistoni hukumati bilan Qoshiqchining o‘limiga oid yangi ma'lumotlarni muhokama qilishni va'da berdi. Shuningdek, uning ta'kidlashicha, tergovga uchinchi shaxslar jalb etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya valiahd shahzodasi jurnalistning o‘limiga aloqadorligi bo‘yicha dalillar ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026