AQShga raketa bo‘yicha kelishuvdan chiqish kamlik qildi. Oq uydagilar Rossiya bilan imzolangan yana bir kelishuvdan chiqmoqchi
Oq uyda Rossiya bilan bir necha yil muqaddam imzolangan «Strategik hujum qurollarini cheklash» to‘g‘risidagi shartnomani bekor qilish haqida o‘ylashmoqda. Bu haqda TASS axborot agentligi Amerika prezidenti ma'muriyatidagi yuqori martabali amaldorga asoslangan holda xabar bermoqda.
«Biz hozircha yakuniy pozitsiyaga kela olmadik. Lekin muzokaralar davom etadi, Moskva kelishuviga qaytilishi yoki u uzaytirilishi ham mumkin. Ammo buning ehtimoli kam», degan u.
Bu bayonot AQSh rahbari Donald Trampning Rossiya bilan o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnomadan chiqishi haqidagi so‘zlari ortidan yangramoqda. Tramp Rossiya va Xitoyni mazkur kelishuvni buzishda ayblagandi, hozircha kelishuvni bekor qilish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmadi. Ayni vaqtga kelib, Buyuk Britaniya AQShning bu qadamini ma'qulladi.
Rossiya TIV esa Qo‘shma shtatlarga harbiy choralar ko‘rish bilan tahdid qildi.
«Strategik hujum qurollarini cheklash» to‘g‘risidagi shartnoma 2010 yilning aprelida Chexiya poytaxti Praga shahrida AQShning o‘sha vaqtdagi prezidenti Barak Obama hamda Rossiyaning o‘sha vaqtdagi prezidenti Dmitriy Medvedev tomonidan imzolangandi. Bu hujjat 2011 yildan boshlab kuchga kirgan.
Kelishuvga ko‘ra, tomonlar 7 yil mobaynida strategik xarakterdagi qurollarni (qit'alararo uchuvchi ballistik raketalar, suv osti kemalaridan uchiriluvchi ballistik raketalar, strategik bombardimonchi samolyotlar) kamaytirishi ko‘zda tutilgandi.
Mavzuga oid
23:13 / 13.07.2023
Oq uyda topilgan kokainning egasi aniqlanmadi
13:52 / 07.07.2023
Oq uy Ukraina bo‘yicha norasmiy muzokaralar o‘tkazilganini tasdiqladi
11:04 / 25.03.2023
Saida Mirziyoyeva Oq uyda Jo Baydenning yordamchisi bilan uchrashdi
17:55 / 07.07.2022