AQŞ prezidenti Donald Tramp Qöşma Ştatlar örta va qisqa masofalarga uçuvçi raketalar böyiça şartnomadan çiqişini ma'lum qildi.

Amerikaliklar rahbari «Rossiya bu kelişuvni köp vaqtdan buyon buzib kelayotgani»ga javoban şunday qadam taşlaganini bildirgan.

«Biz mazkur kelişuvni bekor qilmoqçimiz, keyin Rossiya va Xitoy yangi kelişuvga rozi bölmagunga qadar qurollanişni rivojlantirişda davom etamiz», degan u.

Rossiya Taşqi işlar vazirligi bu bayonotga tahdidona javob qaytardi.

TIV rahbari örinbosari Sergey Ryabkovning qayd etişiça, amerikaliklar xalqaro kelişuvlardan öta qöpollik bilan çiqmoqda. Misol tariqasida Eron böyiça yadroviy kelişuvidan Xalqaro poçta ittifoqigaça kelişuvlar keltirilgan.

«Amerikaliklarda Rossiyani bu kelişuvni buzgani haqida ayblaş uçun asos yöq», degan diplomat.

«Bu holda biz javob çoralari qöllaşga majbur bölamiz. Xususan, harbiy-texnik xarakterdagi çoralar. Ammo iş bungaça yetib borişini istamaymiz», —  deya qöşimça qilgan u.

TIV rahbari örinbosari 22 oktabr kuni AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jon Bolton Moskvaga kelib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov hamda Xavfsizlik kengaşi boş kotibi Nikolay Patruşev bilan uçraşişini ma'lum qilgan.

Örta va qisqa masofalarga uçuvçi raketalar böyiça şartnoma 1987 yilda sobiq ittifoq prezidenti Mixail Gorbaçev va AQŞ prezidenti Ronald Reygan örtasida tuzilgan. Bu kelişuv tomonlarga 500 kilometrdan 5,5 ming kilometr masofaga harakatlanuvçi ballistik va qanotli raketalarga ega bölişga ruxsat bermaydi. Moskva va Vaşington doimiy ravişda bir-birini bu kelişuvni buzişda ayblab keladi.

1991 yilda kelişuv töliq bajarilgan. Sobiq ittifoq kelişuv doirasida 1752ta, AQŞ esa 859ta ballistik raketani yöq qilgan.

Hujjatning amal qiliş muddati çeklanmagan. Biroq tomonlardan har biri kelişuvni bekor qiliş zarurligiga işonçli dalillarni keltirgan holda undan çiqiş huquqiga ega.