Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ryanair aviakompaniyasi Barselona-London reysi bortida ro‘y bergan voqea sabab tanqid qilindi
Ryanair aviakompaniyasi Barselona-London reysi bortida ro‘y bergan voqea vaqtida to‘g‘ri chora ko‘ra olmagan ekipaji tufayli tanqid ostiga olindi. Gap shundaki, yo‘lovchilardan biri qo‘shni o‘rindiqdagi hamrohini irqchilik belgilari bo‘yicha haqorat qilgan.
Mojaroga guvoh bo‘lganlardan biri ijtimoiy tarmoqlarda voqea videosi bilan bo‘lishdi. Yo‘lovchi Devid Lorens tomonidan Youtube kanaliga joylashtirilgan video yarim million marta ko‘rilgan.
Videoda oq tanli britaniyalik qora tanli ayolni haqorat qilgani aks etgan. 77 yoshli yamaykalik ayol qizi bilan birga Londonga parvoz qilayotgan bo‘lgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, britaniyalik kishi uning yonida o‘tirishdan bosh tortgan.
Yo‘lovchilardan biri erkakni tartibga chaqirishga harakat qilgan, voqea guvohlari erkakni reysdan chetlatishni talab qilishgan. Biroq ekipaj erkak yo‘lovchiga nisbatan hech qanday chora ko‘rmay, ayolni boshqa joyga ko‘chirish bilan cheklangan.
Voqea videosi ijtimoiy tarmoqlarga joylanganidan keyin aviakompaniya o‘z Twitter'ida voqeadan Esseks politsiyasi xabardor qilinganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
09:56 / 11.07.2026
Ryanair reysida illyuminator sindi, yo‘lovchi jarohatlandi
20:33 / 04.06.2026
Jahon chempionatida irqchilik holatlari yuz bersa, o‘yin butunlay to‘xtatiladi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
12:28 / 05.02.2026