Uzoq kutilgan dam oliş kuni edi. Uzoq kutilgan rejamga kirişdim, kunning qoq yarmida uxlaş uçun çözildim. Endi közim ilinganda eşik dömbiradek urildi. Ortidan qönğiroq ham çalindi. Birpas uyqusirab yotdim. Lekin qönğiroq şunçalar şiddat bilan va ustma-ust çalinardiki, borib oçmasam, eşikni buzib yuborişadigandek edi göyo.
Oçganimda qöşnining ham eşigi taqillatilayotganini eşitdim. Pod'yezdda yöğongina bir ayol paket bilan birga bir töda qoğoz uşlab turardi. Opa salom-alikni ham yiğiştirib, maqsadga ötdi:
– SESdanmiz, hozir tarakan (suvarak desam tuşunmaydi deb öyladi şekilli) köpayib ketgan. Biz dori tarqatib yuribmiz. Narxi 20 ming. Olişingiz kerak.
Opa kiçkina şişaçadagi kökimtir suyuqlikni silkiganiça qölidagi qoğozlarni tutqazdi:
– Mana hamma hujjatlar. Bölaqoling, şoşib turibmiz.
– Qaysi taşkilotdanmiz dedingiz?
– Şahar SESidanmiz.
– Qönğiroq qilsam böladimi işxonangizga, raqamini bera olasizmi?
– Bugun dam oliş kuni, işxonada heç kim yöq. Dorini oling, keyin telefon qilaverasiz.
– Bu doringizga işonç bormi?
– Ana, sertifikati turibdiku.
– Men işxonangizdan aniqlayman avval. Hozir, telefonimni olay.
Opa mendan pul çiqişiga közi yetmadi şekilli, qoğozni taşlaganiça şart ortiga burildi.
U ketgaç, qoğozga tikildim. Kseronusxaning keseronusxasining kseronusxalaridan biri bölgan bu qoğozda hatto yoş bola ham topa oladigan nomuvofiqliklar juda köp edi.
Avvalo qaysidir bir sertifikat ustidan kompyuterda qöpol tarzda işlov berilgan.
Işlab çiqaruvçi sifatida «Bayyer» kompaniyasi körsatilgani holda kompaniya joylaşgan davlat deya Yaponiya körsatilgan (Ma'lumot örnida: «Bayyer» Germaniyada joylaşgan).
Allambalo sertifikatning örtasida katta qilib «Infektsialist» deb yozilgan va bu «infeksionist» degan sözning yangi muqobili bölsa kerak.
Şuningdek, «Yoş bolalar va odamlarga ta'sir qilmaydi» deb yozganlar yoş bolalar odamlar qatoriga kirmaydi, deb öylaşsa kerak.











