O‘zbekiston | 22:23 / 22.10.2018
7377
6 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda «INNOWEEK»: bizni nimalar kutmoqda?

22—26 oktabr kunlari «O‘zekspomarkaz»da xorijiy ilmiy-innovatsion markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes inkubatorlarning faol ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan «INNOWEEK» innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tadi. 

Bugun, 22 oktabr kuni haftalik yuzasidan tashkilotchilar va OAV vakillari ishtirokida Yoshlar press klubida press-brifing o‘tkazildi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Shu kuni jurnalistlarga vazirlik tomonidan Toshkent shahridagi innovatsion infratuzilmalar bo‘ylab (Genomika va bioinformatika markazi, D.M.S. innovatsion klinikasi, Ilg‘or texnologiyalar markazi, «Avtosanoat» innovatsion markazi) ekskursiya tashkil etildi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati
Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati
Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Ertaga, 23 oktabr kuni Xalqaro innovatsion yarmarkaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Bosh vazir o‘rinbosari Suxrob Xolmuradov, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, chet el davlatlarining O‘zbekistondagi elchixonalarining vakillari, ishbilarmonlar va investorlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

"Ishtirokchilar Xalqaro innovatsion yarmarka eksponatlari bilan yaqindan tanishib olganlaridan so‘ng Xalqaro innovatsion-investitsion forumning ochilish marosimini boshlab berishadi. Mazkur forumda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari S. Xolmuradov, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov, BMT ning doimiy koordinatori va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakili Xelena Freyzer, Turboden S.p.A. (Italiya) kompaniya direktori Marko Barezi, O‘zbekistondagi xalqaro hamkorlik agentligi boshlig‘i o‘rinbosari Muneo Takasaka, «Systematic inventive thinking» kompaniyasining ustuvor yo‘nalishlarni izlash va innovatsiyalar departamenti boshlig‘i Mishel Asiyag, O‘zbekistonda xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyati vakolatxonasining boshlig‘i Yorg Pudelka va boshqalar prezidium ishtirokchilari sifatida chiqish qiladi", deydi vazirlik rasmiy vakili. 

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Mazkur xalqaro innovatsion investitsion forumda 2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili mobaynida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, hududlarda joriy etilgan innovatsiyalar va kelajakdagi aniq istiqbollari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tasdiqlangan 2019—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi mohiyatini ommaga yetkazish va O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tadi.

Innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida keyingi kunlar ijtimoiy, moliya-bank, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyotning real sektori hamla davlat boshqaruvidagi innovatsiyalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan shartnoma asosida xarid qilish orqali tijoratlashtiriladigan ishlanmalarning namoyishi bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

«INNOWEEK»dan ko‘zlangan maqsadlar:
- davlat organlari, erkin iqtisodiy va kichik tadbirkorlik sub'yektlari, texnopark va xususiy tadbirkorlik muassasalari va shu bilan birgalikda, iqtisodiyotning real sektorlari bilan ilmiy akademik va sanoat ilmiy tadqiqotchilik muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni chet elning yetakchi  sarmoyador fondlari, innovatsion markazlari va boshqa tashkilotlari ishtirokida mustahkamlash;

- O‘zbekiston va rivojlangan mamlakatlarda texnologiyalar transferi jarayonini, shuningdek, iqtisodiyot va xususiy tadbirkorlikni real sektor korxonalarida ishlab chiqishni amalga oshirish natijalari bilan amaliy tanishib chiqishni ta'minlash orqali ichki innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni tijoratlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

- innovatsion g‘oyalarni, texnologiyalar va loyihalashda va ishlab chiqishda va joriy etishda sarmoyalarni keng jalb etish, davlat va xususiy sektorlardagi yutuq va ilm-fanni ichki va tashqi bozorda amalda samarali tatbiq etish;

- sanoat korxonalarini jadal takomillashtirishga, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xususiy tadbirkorlar va investorlar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirishga yo‘naltirilgan mintaqaviy va xalqaro aloqalarni rivojlantirish;

- xalqaro investitsion forumlar, davra suhbatlari, seminarlar, mahorat darslari va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;

- ilmiy tadqiqotlar, innovatsion va ixtirochilik g‘oyalari, texnologiyalari va loyihalari uchun doimiy faoliyat ko‘rsatadigan va to‘ldirilgan axborot bankini yaratish.

Mavzuga oid