Joriy yil 15 noyabriga qadar doktorantura bosqiçi uçun ingliz tilidan ötkazilgan imtihon natijalari bekor qilindi. Unga Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligining 2022 yil 15 noyabrdagi 01-10/6536-sonli xati asos qilib körsatilmoqda.
Prezidentning 2021 yil 19 maydagi qaroriga muvofiq 2022/2023 öquv yilidan boşlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega şaxslar iştirok etiş tartibini joriy etiş belgilangan edi.
Natijada doktorantura uçun faqatgina til sertifikati bor bölgan talabgorlarning hujjatlari qabul qilindi. 15 sentabrdan 15 oktyabrgaça doktorantura bosqiçi uçun talabgorlarning hujjat topşirişi belgilangan bölib, körsatilgan muddatda kvotalar tölmadi. Misol uçun Alişer Navoiy nomidagi Özbek tili va adabiyoti universitetining Özbek adabiyoti yönalişiga tayanç doktoranturaga 12 örin uçun 3 nafar talabgorning hujjatlari qabul qilingan.
Şu sabab qabul muddati 22 oktyabrgaça uzaytirildi va sertifikat olişga ulgurmagan talabgorlar ham tanlovda iştirok etişlari mumkinligi aytildi. Şundan söng hujjat topşiruvçilar soni keskin oşdi. Özbek tili va adabiyoti universitetining aynan şu yönalişiga topşirilgan hujjatlar soni 36 taga yetdi.
2 noyabr kuni Innovatsion rivojlaniş vazirligi hay’atining navbatdagi yiğilişida oliy ta’limdan keyingi ta’lim şakliga hujjat topşiriş uçun til sertifikati masalasi körib çiqilib, bu yilgi doktorantura (PhD, DSc) ixtisosliklari uçun talabgorlar çet tili sertifikati yil oxirigaça oliş şarti bilan qabul qilinişi belgilangandi.
Şundan söng milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat oliş tartibi Prezident administratsiyasining joriy yil 4 noyabrdagi (№02-PA 1/1-1672) topşiriğiga muvofiq, oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklari uçun tanlovlarda iştirok etuvçi talabgorlarga birinçi öquv yili davomida joriy etilişi e’lon qilindi.
Bir neçta oliygohda çet tilidan imtihonlar ötkazib bölingan bir vaqtda “yuqoridagilar” eng past darajada bölsa ham, sertifikat olinişi kerak, degan qarorga kelişdi çoği, Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan barça OTM va tadqiqot institutlarining çet tilidan ötkazilgan imtihon natijalari bekor qilindi.
















