Bu haqda Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov 27-aprel kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida aytib ötdi.
«Bu lavozim albatta özini oqlayapti.
Hozir barça innovatsion loyihalarni Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektordan ötadigan tizim joriy qilganmiz.
Bir neça yil avval universitetlarni tijoratlaştiriş böyiça fondlarda 20 mlrd mablağ bölgan bölsa, hozirga kelib bu raqam 6-7 barobarga oşdi.
Hozir prorektorlar özi innovatsion loyihalar topyapti va kelgan foyda orqali fondni töldirişyapti. Bu mablağlarning bir qismi magistr va olimlarimizning amaliyotiga yönaltirilmoqda.
Aniqlaştiradigan bölsak, hozir innovatsion fondlarda 120 milliarddan ortiq mablağlar paydo böldi. Bu innovatsiya böyiça prorektorlarimizning töğridan-töğri taşabbusi.
Avvallari şuningdek, birorta start up loyihalar bölmagan. Hozir bu körsatkiç 70 dan ortdi», – deya vazir sözlarini keltirdi Kun.uz muxbiri.
Ma’lumot uçun, OTMlardagi ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektor lavozimi Özbekiston Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etiş mexanizmlarini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida qayta joriy qilingan.






