Avgust oyining uçinçi ön kunligidan boşlab Özbekistonda ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasi işlab çiqarila boşlanadi. Bu haqda Innovatsion rivojlaniş vazirligi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Qayd etilişiça, 24 iyul kuni vazirlikda respublikada koronavirusga qarşi vaksinalarni işlab çiqarişni yölga qöyiş yuzasidan Xitoyning «Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical» kompaniyasi vakillari bilan muzokara ötkazilgan. Uçraşuvda ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasining Özbekistonda işlab çiqariş imkoniyatlari muhokama qilingan.

Manbaga köra, Xitoy vakillari Özbekistonning ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasi klinik sinovlarini ötkazişda qöşgan hissasi va özbek tomonining oçiq, şaffof iş olib borişini yuqori baholagan.

«Xitoylik hamkorlar mamlakatimizning farmatsevtik mahsulotlarni işlab çiqariş salohiyati bilan dastlabki tanişuvlari natijasida koronavirusga qarşi vaksina işlab çiqarişning infratuzilmaviy imkoniyatlariga yuqori baho berdilar. Kompaniyaning boş muhandisi Van Çji Szyun Özbekistonning işlab çiqariş quvvatlari mazkur vaksinani işlab çiqariş talablariga töliq muvofiq ekanligini ta'kidladi», deyiladi axborotda.

Muzokara davomida respublikada vaksina işlab çiqariş uçun Xitoy tomonidan xomaşyo yetkazib beriş muddatlari va hajmi borasida dastlabki kelişuvlarga erişildi. Xususan, «Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical» kompaniyasi bilan qisqa muddatlarda işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça memorandum imzolandi.

«Tomonlar Özbekistonda birinçi bosqiçda oyiga 10 mln doza vaksina işlab çiqariş va keyinçalik bu körsatkiçni yiliga 200 mln dozaga qadar olib çiqiş mumkinligi böyiça fikr almaşdilar», deyiladi xabarda.

Bundan taşqari, Xitoy tomoni bilan yaqin kelajakda vaksina işlab çiqariş texnologiyasi transfer qilinişiga ham kelişilgan. Şuningdek, yurtimiz olim va mutaxassislarining mazkur sohadagi malakalarini oşiriş maqsadida Xitoy va Özbekistonda bir vaqtda öqitiş işlari boşlanadi.