Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi dorilarni dorixonalardan tashqarida realizatsiya qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 12 sentabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 27 sentabrda ma'qullangan.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 186(3)-moddasi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«186(3)-modda. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish
Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, –
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) ko‘p miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) mansab mavqeini suiiste'mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa;
d) badanga o‘rtacha og‘ir yoxud og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
ye) dori vositalari yoki tibbiy buyumlarning sifati va davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, –
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa;
v) odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, –
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa;
b) boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, –
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».
Mavzuga oid
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026