Davlat idoralari, eng avvalo, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat vakolatli organlarning beparvoligi sababli, uy-joyga ega böliş va qurişning qonuniy mexanizmlari mavjud bölişiga qaramasdan minglab fuqarolar köp yillar davomida özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalarida uy-joylarni noqonuniy barpo etişgan, deb xabar bermoqda Davlat xizmatlari agentligi Facebook’dagi sahifasida.

Hozirgi kunda bu masala butun respublika böyiça ommaviy tus olib, uy-joy uçun zarur hujjatlarning mavjud emasligi tufayli aholi örtasida boşqa ijtimoiy muammolarni kelib çiqişiga sabab bölmoqda. Masalan, haqiqatdan ham yaşab turgan joyida röyxatdan ötiş, mulk huquqiga ega böliş va uni amalga oşiriş imkoniyati mavjud emasligiga olib keldi.

Umumiy qilib olganda, mazkur masala böyiça prezidentning Virtual qabulxonasiga hamda deputatlar, senatorlar, davlat hokimiyati vakillari tomonidan ötkazilgan sayyor qabullarda 8 mingdan ortiq murojaatlar kelib tuşgan.

Ularni yeçimini topiş maqsadida, prezident farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori imzolangan. Unga köra, 2019 yil 1 mayga qadar fuqarolarning özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalarida yoki tegişli ruxsatsiz qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aksiyasi e'lon qilindi. Ijro etiş uçun esa, mansabdor organlar vakillari qamrab olingan maxsus komissiya şakllantirildi.

Jarayonni kim sustlaştiryapti?

Özboşimçalik bilan qurilgan uy-joyga mulk huquqini beruvçi qarorni oliş uçun maxsus komissiya tuzilgan bölib, uning a'zolari örtasida axborot almaşiş uçun idoralararo elektron hamkorlik tizimi — Kadastr 2.0 orqali yölga qöyilgan. Aslida, bu — fuqarolarning murojaatlari öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişi uçun joriy etilgan edi.

Fuqaro tuman yoki şahar Davlat xizmatlari markaziga ariza bilan murojaat etişi bilan, uning harakati töxtab, hujjatlar elektron harakatlanişni boşlaşi, işçi guruh tomonidan masala hal etilgaç, tayyor hujjatlar yana elektron şaklda Davlat xizmatlari markaziga kelib tuşişi, fuqaro esa belgilangan summani tölab, davlat organlari faoliyatidan rozi bölib, tayyor hujjatlarni olib çiqib ketişi lozim edi.