08:19 / 24.10.2018
4870

Xitoy ishbilarmon doira vakillari Namangan viloyatiga tashrif buyurdi

Xitoy Xalq Respublikasi, Chingdao provinsiyasining 11 kishidan iborat delegatsiyasi Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Namangan viloyati hokimi X.Bozarov, viloyat hokimining o‘rinbosari U.Yunusov, Namangan viloyati Investitsiya bosh boshqarmasi boshlig‘i O.Inamov va boshqa mutaxassislar hamda Chingdao delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Namangan viloyati va Chingdao provinsiyasi o‘rtasida muzokaralar olib borildi va o‘zaro do‘stlik, investitsion xamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Bundan tashqari, Namangan viloyati va Xitoy Xalq Respublikasi Chingdao shahridagi ishbilarmon doira vakillari ishtirokida Muhandislik qurilish institutida biznes-forum o‘tkazildi. Biznes forumda shahar va tumanlarning investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, 50 dan ortiq mahalliy kompaniya rahbarlari va tadbirkorlar qatnashdi. Viloyatda ishlab chiqarilgan kiyim-kechaklar ko‘rgazmasi hamda viloyatning investitsion, turistik hamda eksport salohiyati va investorlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi. Delegatsiya vakillari qator korxonalarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Tashrif yakuniga ko‘ra, Chingdao delegatsiya a'zolari Yangiqo‘rg‘on tumanida zamonaviy dam olish maskanini qo‘rish (sanatoriya), Chortoq tumanida manzarali daraxtlar yetishtirish, issiqxonalar va gulchilikni rivojlantirish yuzasidan 700,0 gektar adir maydonlari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, suv qadoqlash zavodini ishga tushirish yuzasidan qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha aniq muzokaralar olib borildi. Chingdao provinsiyasi hamda Namangan viloyati o‘rtasida investitsiya, turizm, eksport hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar yuzasidan yo‘l-xaritasi ishlab chiqilmoqda hamda joriy yilning noyabr oyini ikkinchi dekadasida Chingdao provinsiyasiga Namangan viloyati rasmiy delegatsiyasi xizmat safari bilan borilishi rejalashtirildi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi
Foto: Namangan viloyati hokimligi
Foto: Namangan viloyati hokimligi
Foto: Namangan viloyati hokimligi
Foto: Namangan viloyati hokimligi
Foto: Namangan viloyati hokimligi
Foto: Namangan viloyati hokimligi
Foto: Namangan viloyati hokimligi
Foto: Namangan viloyati hokimligi
Top