Namanganda nomusga tegiş jinoyatini yaşirgan IIB tergovçisi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Nima bölgan?

Sud hukmiga köra, D.O. Davlatobod tumani IIBda katta tergovçi vazifasida işlagan.

Fuqaro D.K. 2025 yil 14 mart kuni Davlatobod tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, bir kun avval Abduvali ismli şaxs aviakassa binosida zörlik işlatib, majburlagan holda jinsiy aloqa qilganini bildirgan. Keyinçalik Abduvali ismli şaxs aslida V.V. ekani aniqlangan.

D.O. holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkaziş jarayonida öz vakolat doirasidan çetga çiqib, uşbu jinoyatni sodir etgan V.V. nomidan özi tuşuntiriş xati tayyorlagan. U tuşuntiriş xatiga jabrlanuvçi “jinsiy aloqani öz ixtiyori bilan qilgani” haqida soxta ma’lumotlar kiritgan. Söngra V.V.ning imzosini qalbakilaştirib, tuşuntiriş xatiga qöygan.

Tergovçi bu harakati bilan yaqqol nomusga tegiş jinoyatini qasddan yaşirgan hamda V.V.ning qilmişida jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi asosi bilan jinoyat işini qözğatişni rad etiş haqida qaror qabul qilgan. Şundan keyin uşbu qarori göyoki Davlatobod tuman prokuraturasi tomonidan örganib çiqilgani haqida tuman prokuraturasi hujjatini rasmiylaştirib, unga prokuror örinbosari imzosini elektron şaklda qöyib yuborgan.

Namangan şahar IIB ekspert kriminalistika bölimi xulosasida V.V. nomidan yozilgan tuşuntiriş xatidagi imzo boşqa şaxs tomonidan bajarilgani körsatilgan.

Oradan köp ötmay, V.V.ga nisbatan jinoyat işini qözğatişni rad etiş haqidagi qaror tuman prokurori örinbosari tomonidan nazorat tartibida örganilib, bekor qilingan hamda qöşimça tergovga qadar tekşiruv ötkaziş uçun yuboriş haqidagi qaror qabul çiqarilgan. Ammo, tergovçi D.O. uşbu hujjatlarni tuman prokuraturasidan özi olib çiqib ketgan va qöşimça tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib bormaslik maqsadida qasddan nobud qilgan.

Yigit yana jinoyat qildi

Oradan köp ötmay V.V. yana şu turdagi jinoyatga qöl urgan. U 2025 yil 29 iyunda voyaga yetmagan qizni qörqitib, zörlik işlatgan holda jinsiy ehtiyojini ğayritabiiy usulda qondirgan.

2025 yil 30 iyulda esa öldiriş bilan qörqitgan holda 20 yoşli qizning nomusiga tekkan.

Uşbu holatlar yuzasidan V.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegiş) 2-qismi “b, g” bandlari hamda 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) 4-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.