O‘zbekiston | 18:25 / 24.10.2018
4493
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Nguyen Fu Chongni tabrikladi

Foto: Wikipedia

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 24 oktabr kuni Vetnam Kommunistik partiyasi Markaziy kengashi bosh kotibini tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev Nguyen Fu Chongni Vetnam Sotsialistik Respublikasi prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan qutlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Vetnam prezidenti Chan Day Kuang 21 sentabr kuni 61 yoshida vafot etdi. Ta'kidlanishicha, u uzoq vaqt davomida jiddiy kasallikdan aziyat chekib kelgan, uni davolash bilan mahalliy va xorijiy mutaxassislar shug‘ullangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid