Vetnam prezidenti Çan Day Kuang 61 yoşida vafot etdi, deya xabar bermoqda Reuters Vetnam OAVga tayangan holda.

Prezident kasalxonada 21 sentabr kuni ertalab vafot etgan. Ta'kidlanişiça, u uzoq vaqt davomida jiddiy kasallikdan aziyat çekib kelgan.

Prezident Xanoy şahridagi harbiy gospitalda 21 sentabr kuni ertalab vafot etgan. Ta'kidlanişiça, uni davolaş bilan mahalliy va xorijiy mutaxassislar şuğullangan.

Çan Day Kuang 2016 yilda prezidentlik lavozimini egalladi. Bundan oldin u jamoat xavfsizligi vaziri bölib işlagan. Uning rahbarligi ostidagi mahkama razvedka ma'lumotlarini yiğiş va Vetnam Kommunistik partiyasini içki hamda taşqi tahdidlardan ogohlantiriş bilan şuğullangan.

Agentlikning qayd etişiça, Vetnamda birinçi darajali yetakçi yöq - mamlakatni rasman prezident, boş vazir va Kommunistik partiya rahbari boşqaradi. Mutaxassislarning fikriça, prezidentlik lavozimi vakillik xarakteriga ega.

Çan Day Kuang 1956 yilning 12 oktabr kuni Ninbin provinsiyasi, Kim Son okrugi, Kuang Tiyen kommunasida tuğilgan. Vetnamning öninçi prezidenti bölgan, yuridik fanlar sohasidagi doktor, professor.