Maktabda yaxşi bahoga öqimagan, biroq tarixda nomi qolgan köplab maşhur yozuvçi, musiqaçi va şoirlar bor.

Foto: Wikipedia

Gimnaziyada Anton Pavloviç Çexov sinfdan qolgan. Boşlanğiç sinflarda geografiya va hisoblaş bilan muammolar yuzaga kelgan. Beşinçi sinfda esa unga grek tilidan “2” bahosini qöyişgan. Biroq bu unga buyuk yozuvçi bölib yetişişda xalaqit qilmadi.

Foto: Wikipedia

Uinston Çerçill kuçli xotiraga ega edi. U faqat öziga yoqqan fanlarnigina örganardi. Şuning uçun uning umumiy özlaştirişi u qadar yaxşi bölmagan. Uinstonning otasi va onasi farzandlari yaxşi ta'lim ololmasligidan xavotirga tuşişardi. 1953 yilda Çerçill adabiyot sohasida Nobel mukofotini qölga kiritdi. Uning nominatsiyadagi raqobatçisi Ernest Xeminguey edi.

Foto: Wikipedia

Vladimir Mayakovskiy maktabning faqat 5-sinfini tugatganini köpçilik bilmaydi. Vladimir uçun gimnaziyada öqiş zerikarli edi. Bundan taşqari, uning oilasi kambağal bölgani sabab öğlining keyingi öqişi uçun pul tölolmagan.

Foto: Wikipedia

Kaşfiyotçi Tomas Edisson maktabda bor-yöği 5-sinfgaça öqigan. Bu vaqt davomida öqituvçilar bolaning özlaştirişini baholab, uning ota-onasiga uyda ta'lim berişni tavsiya etişadi. Ularning fikriga köra, u umuman qobiliyatsiz edi. Tomasga onasi ta'lim bergan. Natijada Edison dunyoni öz kaşfiyotlari bilan lol qoldirdi.

Foto: Wikipedia

Iosif Brodskiy 7-sinfgaça öqigan. Algebra, fizika, kimyo va xorijiy tildan baholari “2” edi.

Foto: Wikipedia

Valter Skott Edinburg kollejiga 1785 yilda qabul qilindi. Öqişning bir yilidan keyin barça öqituvçilar yigitning öqişga qobiliyatini namoyiş etmaganini aytişgan. Bu fikrdan keyin Valter kollejdan ketdi va ta'lim oliş bilan mustaqil şuğullandi.

Foto: Wikipedia

Tsarskoye selo litseyida öqigan Puşkin yaxşi özlaştirmaydigan öquvçilardan hisoblangan. Biroq şunga qaramay u rus va fransuz tillari sözlarini yaxşi bilardi. Matematikani örganiş esa uning uçun oson emasdi.