O‘zbekiston | 14:07 / 25.10.2018
7152
8 daqiqa o‘qiladi

Hukumatning boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2017 yil 19 sentabrdagi 745-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:

1. 2-ilovada:

a) 11-bandda:

yettinchi xatboshi chiqarib tashlandi;

o‘n ikkinchi xatboshidagi “interfaol” so‘zidan keyin “va trening” so‘zlari qo‘shildi;

o‘n uchinchi xatboshidagi “suhbat va ilmiy munozaralar” so‘zlari “suhbat, ilmiy munozaralar va trening” so‘zlari bilan almashtirildi;

b) 12-bandda:

“a” kichik bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlandi;

“b” kichik bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shildi;

“mamlakatda makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish zaruriyati, iqtisodiyotni tartibga solishning zamonaviy mexanizmlari, makroiqtisodiy darajada monetar, fiskal va boshqa usullardan tashabbuskorlik hamda yetakchilikda foydalanish to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirishi”;

ikkinchi - yettinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi - sakkizinchi xatboshilar deb hisoblanadi.

v) 20-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“bosqichli nazorat - o‘quv rejasiga muvofiq ravishda o‘quv fanlari doirasida tinglovchilar o‘rtasida test-sinovlarini, yozma, og‘zaki imtihonlarni, kafedralar tomonidan berilgan loyiha ishini ishlab chiqishni hamda tashqaridan jalb etilgan mutaxassislar yordamida suhbatlarni tashkil qilish”.

2. 3-ilovada:

a) 22-bandning birinchi xatboshisidan “va ularning malakasini oshirish” so‘zlari chiqarib tashlandi;

b) quyidagi mazmundagi 22(1)-band qo‘shildi:

“22(1). Boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy talablarga quyidagilar kiradi:

a) quyidagi bilim va ko‘nikmalarni egallash:

2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyati va ahamiyatini;

mahalliy boshqaruvning tashkiliy-huquqiy asoslarini;

mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimi va faoliyat

yo‘nalishlarini;

hududlarni rivojlantirishda zamonaviy innovatsion menejment usullaridan foydalanishni;

davlat boshqaruvida gorizontal va vertikal munosabatlar tizimini samarali tashkil etishni;

rahbar kadrlarning axloq-odob qoidalari va ularga qo‘yilayotgan talablarni;

b) boshqaruvni ta'minlovchi asosiy ko‘nikmalarni;

v) tashkilotda zamonaviy tashkiliy va korporativ madaniyatni shakllantirish va mehnat munosabatlarini samarali tashkil etish usullarini amalda ko‘llashni;

g) muammoli vaziyatlarni aniqlay olish, vaziyatni tahlil qilish va qaror qabul qilishning ilg‘or texnologiyalarni qo‘llashni;

d) tashkilotda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va tizimlashtirishni;

ye) ustuvorliklarni aniqlash va shu asosda maqsadlarni belgilash hamda faoliyatni rejalashtirish va ish rejalari (“yo‘l xaritalari”)ni sifatli bajarishni, qo‘l ostidagilarga ish yuklamasini samarali taqsimlashni, vakolatlarni uzatishni;

j) jamoada uyg‘un muhitni shakllantira olish va konstruktiv hamkorlik o‘rnatishni;

z) muloqotda boshqalarga ta'sir etish va ishontirish, murakkab vaziyatlarda muzokara olib borishni.”.

3. 5-ilovada:

a) 4-banddagi “kurslarda o‘qishi” so‘zlaridan keyin “davlat granti va” so‘zlari qo‘shildi;

b) 8-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

8. Masofaviy kurslar boshlanishidan 3 kun oldin tinglovchilarga Akademiya o‘quv-uslubiy bo‘limi tomonidan elektron portfolio logini va paroli beriladi. Tinglovchilar o‘ziga berilgan login va parol yordamida “Masofaviy kurslar” bo‘limiga kiradi va tizimda o‘zining shaxsiy kabinetiga ega bo‘ladi.

Tinglovchiga berilgan login va parolni hamda shaxsiy kabinetidan boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish taqiqlanadi.

Tinglovchining shaxsiy kabinetidan boshqa shaxslar foydalanishini oldini olish maqsadida himoya usullaridan foydalaniladi”;

v) 10-bandning uchinchi xatboshisidan “onlayn kirish test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan” so‘zlari chiqarib tashlandi;

g) 11-banddagi “tinglovchi tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi” so‘zlari “O‘quv-metodik bo‘lim tomonidan belgilanadi” so‘zlari bilan almashtirildi;

d) 12-banddagi “onlayn ma'ruzalar” so‘zlaridan keyin “(vebinar)” so‘zi qo‘shildi;

ye) 13 va 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon etildi:

13. Onlayn ma'ruzalar (vebinarlar) o‘tkazilishidan 3 kun oldin tizimda O‘quv-metodik bo‘lim tomonidan onlayn ma'ruza o‘tkaziladigan sana, vaqt, ma'ruza mavzusi hamda ma'ruzachining familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilgan e'lon beriladi.

14. Tinglovchining o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun kurs davomida tinglovchi o‘quv rejasidagi har bir fan mavzulari bo‘yicha assesment (joriy nazorat) topshiriqlarini bajaradi.

Assesment topshiriqlari har bir fan mavzulari to‘liq o‘zlashtirsagina (56 % dan oshsa) navbatdagi mavzuga o‘tadi va ularni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga navbatdagi fanlarni o‘zlashtirishga ruxsat beriladi.

Assesment topshiriqlari test yoki professor-o‘qituvchi tomonidan tekshirib baholanadigan vazifa tarzida berilishi mumkin.

O‘quv rejasidagi barcha fanlar bo‘yicha tinglovchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari ularning elektron reyting daftarchasida qayd etilib boriladi”;

j) 18-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Oralik (chiqish) onlayn test sinovlari masofaviy kurs dasturi doirasida tayyorlangan savollar asosida, belgilangan reja bo‘yicha tashkil etiladi.

Tinglovchiga test topshiriqlarini bajarish uchun 100 ta test savoli beriladi. Test sinovlarining natijalari shu vaqtning o‘zida e'lon qilinadi.

Bunda tinglovchilarga oraliq (chiqish) onlayn test sinovlarini asosiy ish joyidan ajralmagan holda tegishli markazlarda, belgilangan vaqtda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining yakunida o‘tkaziladigan test sinovlarida qatnashayotgan boshqa tinglovchilar bilan birgalikda topshirishga ruxsat beriladi”;

z) 19-banddagi “boshqaruv kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish fakulteti” so‘zlari “Boshqaruv kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash fakulteti” so‘zlari bilan almashtirildi.

4. 6-ilovada:

a) 5-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shildi:

Shartnoma shartlariga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining boshqaruv kadrlari malakasini oshirish Akademiyaning hududiy filiallari tomonidan amalga oshirilishi mumkin”;

b) 6-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shildi:

“Akademiya va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnomalar tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy bo‘ladi. Bir shartnoma doirasida ikki va undan ortiq guruh tinglovchilariga ta'lim xizmatlari bir vaqtda yoki turli vaqtda ko‘rsatilishi mumkin”;

v) 19-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shildi:

“Akademiya ta'lim xizmatini ko‘rsatish davomida o‘quv jarayoni uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi va malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etadi”.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid