Polimer banknotlar rivojlangan davlatlarda keng foydalanib kelinayotgan vosita hisoblanadi. Polimer valyuta, biz kundalik işlatadigan qoğoz pullardan farqli ravişda mustahkam, suv, yonğin va boşqa taşqi xavflardan himoyalangan böladi. 

Xuddi plastik kartaga öxşaş, yangi pul körinişini yaratişga harakat 1968 yilda boşlangandi. Reserve Bank of Australia, Commonwealth Scientific&Industrial Research Organization hamda Melburn universiteti hamkorligida ilk marotaba uşbu loyiha ustida iş boşlandi. Uzoq  izlanişlardan söng, 1988 yilda u muomalaga kiritildi. Oradan 8 yil ötib esa bank töliq uşbu tizimga ötgan. Şunday qilib, Reserve Bank of Australia tomonidan ilk marotaba 10 Avstraliya dollari polimerlaştirildi. 

Hozirgi kunda plastik polimer banknotalar köplab rivojlangan mamlakatlarda ommalaşgan. Uning bir qança afzalliklari mavjud:

• Xavfsizlik yuqori darajada va qalbakilaştirişning imkoni yöq;
• Atrof-muhitga zararli ta'siri kamroq, çunki işlatiliş muddati uzoqroq böladi, özida bakteriyalarni kam saqlaydi;
• Suv ötkazmaydi;
• Taşqi ta'sirlarga (kir, namlik) çidamli bölgani uçun doim toza holatda turadi;
• Qayta işlaş mumkin;
• Öta issiqqa va sovuqqa ham çidamli.

Tanganing ikkinçi tomoniga ham e'tibor beriş foydadan xoli bölmaydi:

• Uni işlab çiqarişga odatdagidan köproq mablağ sarflanadi;
• Buklanişi, boşqa şakllarga kirişi qiyin;
• Qayta işlatilişi mumkin, lekin barça davlatlarda ham buni amalga oşiriş uçun maxsus texnologiya mavjud emas. Bu ortiqça sarf-xarajatni keltirib çiqaradi;
• U yoqib yuborilsa, havoni ifloslantiradi;
• Isitiş manbalari oldida tursa erib ketadi;
• Köp işlatilişi natijasida rangi öçib ketiş ehtimoli mavjud.

Şu kungaça 23ta davlatda ham plastik banknotlardan, ham an'anaviy pullardan foydalaniliş amaliyoti kuzatiladi. Atigi 4ta mamlakat (Ruminiya, Kanada, Isroil, Vetnam)da barça pullar polimer şaklga ötkazilgan. Kanada bu tizimga ötib böldi. Buyuk Britaniya esa 2020 yilgaça polimer banknotlarni muomalaga kiritişni rejalaştirgan. 

Polimer tadqiqotçisi Steyn Straus innovatsion xavfsiz banknotlarning afzalliklari haqida quyidagiça fikr bildirgan: «Qoğoz pulni işlab çiqariş uçun nafaqat sun'iy, balki  tabiiy xomaşyo ham zarur böladi. Misol uçun, AQŞ dollarining 75 foizi paxtadan tayyorlanadi. Bu jarayonda, şuningdek, suv va kimyoviy unsurlardan foydalaniladi».