2022 yilning fevral oyida Markaziy bank “milliy valutaning moliya bozorida xalqaro nufuzini oşiriş va keng jamoatçilik örtasida tanilişini ta’minlaş maqsadida” söm ramzini yaratiş böyiça tanlov e’lon qilgandi. Oradan ma’lum vaqt ötganidan keyin, ğolib sifatida Sarvar Jumagaldiyev tomonidan işlab çiqilgan grafik belgi tanlab olindi. Ammo mazkur belgi “In-Core Systèmes” va Hindistonda oçilgan “Logic Square Technologies” logotiplariga öxşaşligi sababli tanqidga uçradi. Şundan söng jarayon töxtab qoldi. 

2023 yilning oktyabr oyidagi matbuot anjumanida MB sobiq raisi Mamarizo Nurmurodov jamoatçilik e’tirozlaridan keyin ekspertlar komissiyasi belgini tasdiqlaş jarayonini töxtatganini ma’lum qilib, mavjud ramzni takomillaştiriş yoki yangisini işlab çiqiş varianti körib çiqilayotganini ma’lum qilgandi. Şundan söng qöşimça izoh berilmadi.

Kun.uz muxbiri vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Markaziy bank axborot xizmati bilan boğlandi. Qayd etilişiça, bu böyiça işlar töxtatilgan va kun tartibida körib çiqilmayapti.

Ma’lumot uçun, hozirgaça özbek sömida, boşqa valutalardan farqli ravişda ramz körinişidagi belgi yöq. MDH hududida esa arman drami (֏), ukrain grivnasi (₴), ozar manati (₼), qozoq tengesi (₸), qirğiz somi (⊆) va Rossiya rubli (₽) kabi valutalarning grafik ramzlari bor.