Sport | 13:04 / 27.10.2018
44888
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik yengilmas yakkakurashchi Nurmagomedovni jang o‘tkazishga chaqirdi

Foto: Global Look Press/Then Chih Wey

Amerikalik yengilmas aralash yakkakurashchi Ben Askren yengil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov bilan jang qilishga tayyorligini bildirdi.

Buning uchun amerikalik sportchi Xabibga boshqa vazn toifasiga o‘tishni taklif qilgan. Nurmagomedov 70 kg gacha vazn toifasida chempionlik unvoniga ega, biroq janglardan oldin anchagina vazn tashlaydi.

Ta'kidlanishicha, Xabibning janglar o‘rtasidagi vazni odatda 85 kgdan yuqoriroq bo‘ladi. U 15 kg vaznni jang oldidan vazn o‘lchashgacha taxminan 45 kun qolganda tashlashni boshlaydi. 

“Xabib, men sen bilan MMAning dunyodagi eng yaxshi jangchisini aniqlash uchun 165 funtgacha (o‘rta yarim vazn, 75 kggacha) vazn toifasida uchrashaman. Menga vaqtni ayt va koordinatalarni jo‘nat”, deb yozgan Askren tvitterda.

Askren ONE Championship chempionlik kamari sohibi hamda Bellator’ning sobiq chempioni hisoblanadi. U o‘tkazgan barcha 18 jangida g‘olib bo‘lgan.

Avvalroq ONE Championship va UFC o‘zaro jangchilar almashgan. Unga ko‘ra, UFC’ning eng yengil vazn toifasidagi sobiq chempioni Demetrius Jonson aynan Askren bilan o‘rin almashgan.

Mavzuga oid