19:42 / 27.10.2018
42691

Chet elda o‘qishni istagan yoshlar nega «Universal expres consulting service»ni tanlashmoqda?

So‘nggi yillarda o‘zbekistonlik yoshlar orasida Yevropa va Osiyoning nufuzli universitetlarida ta'lim olish ko‘rsatkichi ortib bormoqda. Bu yoshlarning kelajakka katta rejalar bilan qarayotgani, bilim olishga bo‘lgan intilishlari natijasi hisoblanadi.

O‘z navbatida, dunyo miqyosida nufuzli hisoblangan oliygohlarda olingan bilim va diplom ushbu yoshlarga “orzucidagi ish o‘rinlariga” ega bo‘lishi uchun yordam beradi.

Xususan, Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyati huquq va boshqaruv instituti, Muxtor Avezov nomidagi Qozog‘iston davlat universiteti va Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universiteti o‘zbekistonlik yoshlarning so‘nggi yillarda eng ko‘p tanlayotgan chet el oliygohlaridan hisoblanadi.

Endi sizda mazkur universitetlarga imtihonsiz qabul qilinish va oliy ma'lumot olish imkoniyati bor.

Qanday qilib?

«Universal expres consulting service»kompaniyasi sizga ushbu imkoniyatni taqdim etadi.

«Universal expres consulting service» bu – chet elda o‘qish istagida bo‘lgan yoshlarning hujjatlarini qabul qilgan holda maxsus shartnomaga ega oliygohlar: Moskva viloyati huquq va boshqaruv instituti, Muxtor Avezov nomidagi Qozog‘iston davlat universiteti va Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universitetiga o‘qishga yuboruvchi konsalting kompaniya hisoblanadi.

Kompaniya ikki yildan buyon MChJ shaklida tegishli guvohnomalar asosida faoliyat olib bormoqda. Shu kunga qadar 200 nafardan ortiq abituriyent mazkur konsalting kompaniya xizmatidan foydalangan holda talabalik baxtiga erishdi.

Kompaniya, shuningdek, o‘z mijozlariga oliy ta'lim bosqichini tamomlab, bu haqda tegishli diplomga ega bo‘lguniga qadar barcha jarayonlarda ko‘maklashadi.Bundan tashqari, «Universal expres consulting service» sizga ushbu oliygohlarda nafaqat kunduzgi, balki sirtqi va masofadan turib tahsil olishda ham ko‘maklashadi.

Qaysi yo‘nalishlarda tahsil olish mumkin?

Moskva viloyati huquq va boshqaruv institutida huquq va boshqaruv sohasidagi 9 ta yo‘nalishda malakali ta'lim beriladi.

Muxtor Avezov nomidagi Qozog‘iston davlat universiteti Qozog‘istonning eng yirik universitetlaridan biri bo‘lib, ushbu universitetda 80 dan ortiq yo‘nalishda tahsil olish va O‘zbekistonda nostrifikatsiyadan o‘tgan tegishli diplomga ega bo‘lish mumkin.

Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universiteti esa 24 ta yo‘nalishda malakali pedagoglarni tayyorlaydi. Ushbu universitet bitiruvchilari O‘zbekistonda muammosiz o‘z pedagoglik faoliyatini olib borishlari mumkin.

«Universal expres consulting service»konsalting kompaniyasiga qanday hujjatlarni taqdim etish orqali o‘zi tanlagan oliygohga o‘qishga kirish mumkin?

Mazkur uchta oliygohdan birida tahsil olishni istagan abituriyentlar kompaniyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kifoya:

- umumiy o‘rta ta'lim maktabini tamomlaganlik to‘g‘risida shahodatnoma;

-yashash to‘g‘risida MFYdan taqdim etiluvchi ma'lumotnoma;

-tuman, shahar tibbiyot birlashmasining ma'lumotnomasi;

- 8 ta 3x4 hajmdagi shaxsiy fotosurat.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni qanday olish mumkin?

Batafsil ma'lumot uchun telefonlar:

+99895 475-45-15

+99897 775-03-24

+99894 941-88-66

+99890 245-92-12

+99897 723-84-64

 +99890 186-02-21

reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top