20:54 / 28.10.2018
12372

APL. «Chelsi»da yirik g‘alaba, «Arsenal»ning super seriyasi London derbisida barham topdi

Foto: AP

Angliya Premer-ligasida 10-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Bu turda «Kristal Pelas» maydoniga safar qilgan «Arsenal» durang bilan ortga qaytadigan bo‘ldi. Mezbonlar yarimhimoyachisi Luka Milivojyevichning penaltilar mahsuli bo‘lgan dubliga «to‘pchilar»dan Granit Jaka va Per-Emerik Obameyang o‘z gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa, «Arsenal»ning 11 o‘yinga cho‘zilgan g‘alabali seriyasi yakun topdi.

London derbisi bilan parallel ravishda kechgan yana bir bahsda shaharning boshqa bir klubi – «Chelsi» «Bernli» maydonida kuch sinashib, raqibdan yaqqol ustunligini namoyish etdi. Morata, Barkli, Villian va Loftus-Chik tomonidan kiritilgan gollar «ko‘klar»ning 4:0 hisobidagi g‘alabasini ta'minladi.

Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da «Manchester Yunayted» - «Everton» uchrashuvi boshlanadi.

Angliya chempionati
10-tur, 28 oktabr
Kristal Pelas – Arsenal 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar
:1:0 – 45, penalti Milivoyevich, 1:1 – 51 Jaka, 1:2 – 56 Obameyang, 2:2 – 83, penalti Milivoyevich.
Kristal Pelas – Xennessi, Tomkins, van Anxolt, Uan-Bissaka, Sako, Kuyate (Panchon, 88), Milivoyevich, Taunsend, Makartur (Mayyer, 61), Zaa, Ayyu (Serlot, 64).
Arsenal – Leno, Xolding, Mustafi, Belerin (Lixtshtayner, 46), Ivobi, Jaka, Torreyra, Genduzi, Ozil (Uelbek, 68), Obameyang (Remzi, 78), Lyakazett.
Ogohlantirishlar: Ayyu (8), Lixtshtayner (79), Genduzi (90).

Bernli – Chelsi 0:4 (0:1, 0:3)
Gollar: 0:1 – 22 Morata, 0:2 – 57 Barkli, 0:3 – 62 Villian, 0:4 – 90 Loftus-Chik.
Bernli – Xart, Tarkovski, Teylor, Louton, Mi, Defur, Kork (Vestvud, 73), Xendrik (Barns, 65), Gudmundsson, Breydi, Vouks (Vud, 59).
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Barkli, Jorjino (Fabregas, 78), Pedro (Loftus-Chik, 30), Kante, Villian, Morata (Jiru, 74).
Ogohlantirishlar: Morata (43), Tarkovski (43), Villian (45), Xendrik (48), Breydi (61), Gudmundsson (64).

21:00. Manchester Yunayted – Everton
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Shou, Yang, Lindelef, Pogba, Matich, Mata, Fred, Marsyal, Reshford.
Everton – Pikford, Kin, Din, Koulmen, Zuma, Bernard, Andre Gomesh, Uolkott, Sigurdsson, Risharlison, Guyye.

Turning so‘nggi o‘yini, 29 oktabrdan 30 oktabrga o‘tar kechasi
01:00. Tottenhem – Manchester Siti

Top