Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kassetali bombalardan voz kechmasligini bildirdi
AQSh kassetali qurollardan foydalanishni taqiqlash rejasidan voz kechdi, dedi Pentagon rahbari o‘rinbosari Patrik Shenaxan.
"Siyosatimizni qayta ko‘rib chiqish KXDRdagi vaziyatga bog‘liq edi. Mashg‘ulotlar vaqtida bizda savol tug‘ildi – Shimoliy Koreyaga nima bilan qarshilik ko‘rsata olamiz? Shunda bizga zarur hamda qo‘limizda mavjud qurollarga nazar soldik", — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Military.com portali.
AQSh mudofaa vaziri o‘rinbosari kassetali bombalarni boshqa qurollarga almashtirish "juda ko‘p vaqt talab qilishini" qo‘shimcha qildi.
Bunday qurollardan foydalanish BMTning kassetali bombalar bo‘yicha konvensiyasiga asosan taqiqlangan. Eng ko‘p kassetali bombalarga ega bo‘lgan AQSh, Rossiya va Xitoy mazkur konvensiyani imzolamagan.
AQSh, kassetali bomba
Mavzuga oid
09:26
Vashingtondagi Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi, yarador bor
08:23 / 04.05.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni «ozod etish» operatsiyasini e’lon qildi
07:31 / 04.05.2026
Tramp Eronning yangi tinchlik takliflarini rad etdi
20:29 / 03.05.2026