Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh o‘z chegaralarini muhojirlardan himoyalash uchun 5 ming harbiyni jalb qilmoqda
AQSh hukumati Meksika bilan chegaraga 5 ming harbiyni jo‘natadigan bo‘ldi. Harbiylar Markaziy Amerika davlatlaridan kelayotgan muhojirlar karvoni bilan bog‘liq vaziyatni nazorat qilishadi. Avvalroq chegaraga 800 harbiy yuborish haqida gap ketgandi.
Hozir Gonduras, Salvador, Gvatemala va Meksikaning minglab fuqarolari AQSh prezidenti Donald Trampning bu davlatlarni moliyaviy yordamdan mahrum qilish tahdidiga qaramay, AQSh chegarasi tomon yaqinlashmoqda. Trampning aytishicha, harbiylar Meksika bilan chegarada devor qurib bitkazilmagungacha shu yerda qoladi.
The Wall Street Journal’ning ma'lum qilishicha, harbiylar chegarachilar uchun lagerlar tashkillashtirish va chegarani qo‘riqlashda texnik yordam ko‘rsatishlari taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
09:26
Vashingtondagi Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi, yarador bor
08:23 / 04.05.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni «ozod etish» operatsiyasini e’lon qildi
07:31 / 04.05.2026
Tramp Eronning yangi tinchlik takliflarini rad etdi
20:29 / 03.05.2026