Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Frankfurtda urush davridagi bomba topilgani sababli 18 ming kishi evakuatsiya qilinadi
Germaniyaning Mayndagi Franfurt shahrida Ikkinchi jahon urushi davridagi bomba topilgani sababli 18 ming kishi evakuatsiya qilinadi. Bu haqda Frankfurter Allgemeine Zeitung nashri shahar o‘t o‘chirish xizmatiga tayanib xabar berdi.
Nashrning bildirishicha, bomba shahar markazi yaqinida qurilish ishlari olib borilayotgan vaqtda topilgan. O‘t o‘chirish xizmatining ma'lumotiga ko‘ra, 18 mingga yaqin kishi hududni tark etadi va snaryad topilgan joydan 700 metr radiusdagi tevarak-atrof bo‘shatiladi.
Evakuatsiya mahalliy vaqt bilan soat 20.00da (Toshkent vaqti bilan 00.00) boshlanishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
20:39 / 28.12.2024
Toshkentdan Ostonaga uchgan reys ortga qaytarildi
14:30 / 21.01.2023
Bomba borligi aytilgan samolyot O‘zbekistonga majburan qo‘ndi
07:13 / 16.09.2022
Frankfurt – Toshkent reysi havo kemasidagi nosozlik tufayli bekor qilindi
07:42 / 16.03.2022