21 yanvar kuni Rossiya poytaxti Moskvadan Hindistonning Goa ştatiga parvoz qilgan samolyot bomba tahdidi tufayli Özbekistonga qöndirildi. Bu haqda Hindiston ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Azur Air aviakompaniyasiga tegişli uçoq bortida 240 kişi bölgani aytilmoqda. Şundan 7 nafari ekipaj a’zolari, 2 nafari esa çaqaloq bölgan.
Janubiy Goadagi Dabolim aeroportiga mahalliy vaqt bilan ertalab soat 4:15 da qönişi kerak bölgan samolyot bomba tahdidi ortidan Özbekistonga yönaltirilgan. Tahdidli xat Dabolim aeroporti direktorining elektron poçtasiga yuborilgan. AZV2463 reysi soat 4:30 atrofida Termiz aeroportiga majburan qöngan.
Samolyot muvafaqqiyatli qöngandan söng yölovçilarning bagaji va qöl yuki aeroport xavfsizlik xizmati tomonidan sinçkovlik bilan körikdan ötkazilgan – heç qanday xavfli moddalar yoki qurilmalar topilmagan. Uçoq Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da Goaga uçib ketişi aytilmoqda.
Mahalliy OAVga köra, bu bir hafta içidagi ikkinçi şunday holat bölib, 9 yanvar kuni Azur Air aviakompaniyasining xuddi şu yönaliş böyiça uçgan samolyoti ham bomba haqidagi yolğon xabari tufayli Hindistonning Gujarat ştatiga favqulodda qönişga majbur bölgan. Köp soatlik tekşiruvlar davomida portlovçi modda yoki şubhali narsalar topilmagan. Samolyot 10 yanvar kuni Goaga uçib ketgan.
Eslatib ötamiz, 2016 yili ham Azur Air aviakompaniyasining Moskvadan Tailandning Pxuket oroliga uçayotgan samolyoti Toşkent aeroportiga favqulodda qöngan, bunga havo transporti dvigatelida moyning kamayib ketganidan ogohlantiruvçi datçikning işlab ketgani sabab bölgandi.

















