Merkel 2021 yilda kansler lavozimiga o‘z nomzodini qo‘ymaydi
Angela Merkelning ma'lum qilishicha, 2021 yilda kanslerlik uchun saylovlarga o‘z nomzodini qo‘ymaydi.
«2021 yilgi saylovlarda men Germaniya kanslerligi yoki deputatlik uchun o‘z nomzodimni qo‘ymayman, shuningdek, boshqa siyosiy lavozimlarga da'vogar bo‘lmayman», - deya aytib o‘tdi siyosatchi Berlindagi matbuot anjumanida.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Xristian-demokratlar ittifoqi raisi lavozimi uchun dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarga ham o‘z nomzodini qo‘ymaydi. Merkelning so‘zlariga ko‘ra, u yozda XDI rahbari lavozimini tark etishni rejalashtirgandi.
Siyosatchi partiyani 2000 yildan, hukumatni 2005 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning yetakchilikdan bosh tortishi Merkelni kansler lavozimidan chetlashtirish bo‘yicha partiya ichidagi poygani anglatadi. Mart oyida Merkel to‘rtinchi marta shu lavozimga saylandi, uning vakolatlari 2021 yilda tugaydi.
Bild ma'lumotlariga ko‘ra, kanslerning qarorlari Gessen federal yeridagi saylovlarda XDI tomonidan ovozlarning yo‘qotilishi bilan bog‘liq. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Xristian-demokratik ittifoq partiyasi Gessendagi saylovlarda 27 foiz ovoz to‘pladi, Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) - 19,3%, «Yashillar» - 19,8%, «Germaniya uchun muqobil» - 13,1%, Erkin demokratik partiya (EDP) - 7,5%, «So‘llar» - 6,3%.
Mavzuga oid
23:02 / 01.12.2022
Shols Bundesverda o‘q-dori tanqisligi yuzaga kelganini tan oldi
07:20 / 30.11.2022
Germaniya Ukrainaga 65 million yevro va generatorlar ajratadi
12:03 / 26.11.2022
Germaniyaga Rossiya vizasiga ega noqonuniy muhojirlar oqimi keskin oshdi
08:14 / 25.11.2022